Eng zo‘r hamyonbop smartfonlar taxtiga yangi da’vogar! (AnTuTu reytingi, 2021 yil aprel)

Ushbu ro‘yxatni tuzishda 1 apreldan 30 aprelgacha AnTuTu servisida kamida ming marta tekshirib ko‘rilgan smartfonlarning o‘rtacha (eng yuqori emas) ko‘rsatkichlari hisobga olingan.

Eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu V9 reytingi, 2021 yil aprel)

AnTuTu benchmarki bir oycha avval o‘zining test ilovasini yangilab, 9-versiyada chiqargan edi. Aprel reytingi aynan mana shu – AnTuTu V9 talqinida test qilingan smartfonlar natijalariga asoslangan.

2021 yil 1-chorakdagi eng zo‘r o‘nta smartfon (Master Lu reytingi)

Kuchli o‘nlikka oltita kompaniyaning flagmanlari kirgan, lekin shulardan bittasining vakillari naq uchta o‘rinni zabt etgan!

«2021 yilning eng kuchli kamerasiga ega» Axon 30 Ultra hamda Axon 30 Pro smartfonlari chiqdi

ZTE Axon 30 Ultra’ga naq uchta 64 megapikselli datchik o‘rnatilgan bo‘lib, ularning asosiysi F/1,6 diafragma va optik barqarorlashtirgichga ega Sony IMX686 hisoblanadi.

ZTE bu flagmani bilan Xiaomi Mi 11 Ultra’ning «burnini yerga ishqalamoqchi»!

Kompaniyaning oldingi smartfoni – Axon 20 5G modelida dunyodagi ilk «ko‘rinmas» selfi-kamera qo‘llangan bo‘lsa, kutilayotgan kamerofonda ikkinchi avlod ekranosti kamera ishlatiladi.

AnTuTu reytingini Snapdragon 888 chipli flagmanlar butkul zabt etdi! (2021 yil mart)

Aksariyat telefonlar bir xil – 12/256 GBlik xotirali bo‘lsa-da, ballar turlicha to‘plagan. Lekin eng g‘alatisi: «operativka»si eng kuchli – naq 16 GBlik ROG Phone 5 hatto kuchli uchlikka ham kirmagan!

Yangi rekord: flagman atigi 12 daqiqada to‘liq quvvatlanib ulgurdi! («jonli» video)

Bu geymerofon akkumulyatorini noldan boshlab 5 daqiqada 50 foizga to‘ldirib, bir kun davomida bemalol ishlatsa bo‘ladi!

Bir nechta jihatdan rekordchi Red Magic 6 hamda Red Magic 6 Pro geymerofonlari chiqdi!

Red Magic 6 Pro akkumulyatori 4500 mA/soatlik bo‘lib, 120 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. Uni noldan boshlab 50 foizgacha quvvatlash uchun atigi 5 daqiqa kifoya – tasavvur qilyapsizmi!?.

TOP-10: Eng ravon ishlovchi smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil)

Reyting g‘olibi umuman Android-smartfonlar orasida 200 ballik dovondan oshgan birinchi gadjet bo‘lgan. Ravon ishlashi bo‘yicha u iPhone smartfonlari va iOS tizimi bilan bemalol bellasha oladi.

«Qurilmalarni qiynovchi» texnobloger 2020 yilning eng, eng, eng... smartfonlarini e’lon qildi (+video)

JerryRigEverything nomli YouTube-kanalida turli yangi smartfonlarni ayovsiz qiynab ko‘rsatuvchi Zak Nelson ismli videobloger 2020 yildagi gadjetlarning eng yaxshi va eng yomonlarini aytdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш