Barcha xabarlar

Samsung Galaxy A70'ga dastur yangilanishi kelishni boshladi. O‘zgarishlar bilan tanishing

Kompaniya A70'ga kameradagi yaxshilanishlar, oshirilgan xavfsizlik va Type-C quloqchinlar qo‘llab-quvvatlanishidan iborat dastur yangilanishi jo‘natishni boshladi.

O‘zbekistondagi «trollar fabrikasi»ning dovrug‘i Oksford universitetigacha yetib bordi!

Hisobotga ko‘ra, bizda ijtimoiy tarmoqdagi jamoat fikrini boshqarish uchun trollar hujumidan foydalanishadi. Manipulyasiyada botlar emas, haqiqiy odamlar va o‘g‘irlangan (xak qilingan) akkauntlar ishlatiladi.

Tug‘ilgan kuning bilan, Google!

Bugun internet qidiruv giganti bo‘lmish Google o‘zining 21-bahorini qarshilamoqda!

Microsoft ishchilari qancha maosh oladi?

Yuzlab Microsoft ishchilari yopiq Facebook guruhida o‘zlarining maoshlari haqidagi ma’lumotlarni hamkasblari bilan ulashmoqda. Bundan dunyodagi eng katta texnologiya kompaniyalaridan biri ishchi-xodimlariga qancha haq to‘lashini bilib olish mumkin.

Xiaomi Redmi 8A'ning Pro versiyasi taqdim qilinadi

Kuni kecha Redmi 8A taqdim qilindi, biroq mijozlar uning Pro talqinini kutishmagan edi.

Facebook sinov tariqasida avstraliyalik foydalanuvchilar yig‘gan layklar sonini ko‘rsatmayapti

Facebook, Insatgram'ning yo‘lidan borib, sinov tariqasida Avstraliyadgi foydalanuvchilar postlariga bosilgan layklar sonini yashirmoqda.

Samsung eng ixcham va arzon Galaxy A smartfonini tayyorlayapti!

Yangi telefon ixchamligidan tashqari, Galaxy A10 hamda Galaxy A10s modellaridan ham arzon bo‘ladi! Shuningdek, uning 16 gigabaytlik ichki xotiraga ega ekanligi ham ma’lum.

Samolyotdan tushib ketgan smartfon 13 oydan so‘ng «tirik» holda topildi! (+video)

Bir yildan oshiq vaqt suronli ob-havo sharoitlarida qolib ketgan smartfon haliyam ishlayotgan ekan. Faqat uning mikrofoni ishdan chiqibdi, xolos!

Xiaomi 8K formatda sekundiga 30 ta kadrli video oluvchi dunyodagi ilk smartfon ustida ishlamoqda

XDA-Developers saytining xabar berishicha, Xiaomi'ning keyingi smartfoni 30 kadr/sekund tezlikka ega 8K formatdagi videolar olish imkoniga ega bo‘ladi.

Huawei Mate 30 Pro DxOMark'da yangi rekord o‘rnatdi

Rasm sifati bo‘yicha to‘plangan 131 ball bilan smartfon birinchilikni qo‘lga oldi.

Samsung Galaxy S11 kamerasi necha megapikselli bo‘ladi?

Janubiy Koreya texnologiya yangiliklari nashri The Elec'ning xabar berishicha, Galaxy S11 seriyasi smartfonlariga yangi periskop va 108MP linza o‘rnatiladi.

Endi eng arzon smartfonlarga ham Android 10 o‘rnatsa bo‘ladi!

Operativkasi 1,5 GBdan kam bo‘lgan smartfonlarga atalgan Android 10 (Go edition) talqinida ilovalar 10 foizga tezroq ishga tushadi. Shuningdek, tizimning umumiy tezligi va ishonchliligi hm oshirilgan.

Eksklyuziv: Samsung endi arzonroq Galaxy Note chiqaradimi?

SamMobile sayti insayderi Abhijit M. ning yozishicha, undagi eng so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Smasung hozirgacha chiqargan smartfon modellari kategoriyasining hech biriga mos kelmaydigan model raqami SM-N770F bo‘lgan smartfon ustida ishlamoqda.

iPhone bahonasida ikki qiz 19 yashar talaba yigitni zo‘rlashdi

iPhone ekranidagi darzni ko‘rgan qiz undan 3000 rubl talab qiladi. Yigit rozi bo‘lmagach, qizlar uni urib, talabaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik o‘tkazishadi va buni o‘sha iPhone kamerasida videoga olishadi.

ICTEXPO-2019: UMS stendiga nazar

Yorqin, texnologik, innovatsiyalarga boy. Har yili bo‘lib o‘tadigan an’anaviy ICTEXPO ko‘rgazmasiga aynan shunday ta’rif berish mumkin. Uning doimiy ishtirokchilaridan biri – UMS kompaniyasidir. O‘tgan yili uning stendi dizayni eng zo‘r deb topilgan edi. Mazkur yilda

5 000 mA/soat akkumulyatorli Redmi 8A 100 dollardan ham arzonroq narxda taqdim qilindi

Redmi 8A taqdimoti bilan Redmi brendining quyi toifa smartfonlari soni yana bittaga ko‘paydi.

OnePlus 7T qadoqdan Android 10'da ishlaydi

OnePlus 7T Android 10'ning to‘liq talqini qadoqdan o‘rnatilgan ilk qurilma bo‘ladi.

TEZKOR XABAR: Ucell O‘zbekistonda ilk 5G tarmog‘ini hamda metroda uyali aloqani ishga tushiryapti!

Nafaqat 5G tarmog‘i, Ucell kompaniyasi yana Metrotelekom bilan hamkorlikda metroda ham uyali aloqani ishga tushiryapti! Bu ikki jarayon bevosita ICT EXPO 2019 ishtirokchilarining ko‘zi oldida amalga oshirilmoqda.

Endi Samsung Galaxy S10'da ham Note 10'ning qator funksiyasi bor!

Galaxy S10 oilasining Yevropa bozori uchun chiqarilgan Exynos talqinlariga yetib kelgan tizim yangilanishi bilan ushbu smartfonlarda Note 10 kamerasining bir qator funksiyalari va DeX for PC mavjud bo‘ladi.

Oktyabrdagi taqdimotdan oldin UI'da muammo! (+video)

Pixel smartfonlari foydalanuvchilarining bir qanchasi o‘z qurilmalaridagi autentifikatsiya jarayonidan o‘ta olmayotgani, har safar blok ekranni ochish uchun PIN kodni kiritganlarida, displeyda yana blok ekrani ochilib qolayotgani haqida xabar bermoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш