O‘z narxi doirasida eng kuchli smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi, 2021 yil mart)

To‘rtta reytingda bittagina kompaniyaning turli brendlar ostidagi modellari g‘olib chiqqan. Lekin eng qimmatlari ro‘yxatida boshqa smartfonsoz BULTUR YoZDA taqdim etgan flagman lider bo‘lgani qiziq!

Dunyo bo‘yicha eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Reytingda eng ko‘p – naq uchta o‘rin Samsung’ga tegishli, lekin g‘olib boshqa. Asus va Oppo kompaniyalari ikkitadan o‘rin olgan bo‘lsalar, Huawei, Vivo hamda Xiaomi vakillariga bittadan joy nasib etgan.

Eng kuchli o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Dimensity 820 protsessoriga tayanuvchi ushbu ikki smartfon avgustdan beri AnTuTu reytinglarida yuqori o‘rinlarni qo‘ldan bermay kelishmoqda va uzoq vaqt liderlik bo‘yicha rekordchi bo‘lib ulgurishdi.

iQOO Neo 5 5G – flagman chipli geymerofon atigi 384 dollardan!

Fevral oyida AnTuTu benchmarkining har ikkala – xitoycha va global reytinglarida ham iQOO 7 modeli yetakchilikni qo‘lga kiritgan. Uning ijodkori – iQOO brendi o‘zining navbatdagi smartfonini namoyish etdi.

Eng ko‘p qaysi smartfonlarning qalbakilari chiqyapti? (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Benchmark jamoasi so‘nggi bir yilda, ya’ni 2020 yilning mart oyidan to 2021 yil fevralining oxirigacha aniqlangan soxta smartfonlar haqida hisobot berdi.

Finbold reytingi: 5G-smartfonlar bozorida kutilmagan lider!

Shuningdek, mutaxassislar Huawei va Samsung kompaniyalarini taqqoslashdi.

AnTuTu reytingi: O‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (2021 yil fevral)

Qizig‘i shundaki, dunyo bo‘yicha yetakchi smartfonsozning eng so‘nggi va eng zo‘r flagmani bu reytingda atigi to‘qqizinchi pog‘onadan joy olgan!

TOP-10: Eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu global reytingi, 2021 yil fevral)

Xitoychasidan farqli ravishda, global reytingda eng ko‘p – naq to‘rtta o‘rinni Samsung vakillari zabt etgan (lekin lider boshqa). Qolgan pog‘onalardan esa oltita kompaniyaning bittadan flagmanlari joy olgan.

O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Kuchli o‘ntalikdan faqat uchtagina kompaniya smartfonlari joy olgan. Shulardan bittasining vakillari naq yettita pog‘onani band etgan, lekin g‘olib boshqa!

Eng zo‘r Android-flagmanlar reytingiga Redmi K40 hamda K40 Pro ham kirdi, Mi 11 esa yana pastladi! (AnTuTu, 2021 yil fevral)

Ilk ikkita va so‘nggi o‘rinlarni Vivo smartfonlari, eng ko‘p – to‘rtta pog‘onani esa Xiaomi mahsulotlari egallagan. Qolgan uchta o‘rinni bo‘lsa Huawei, Samsung hamda Oppo flagmanlari band etgan.

Xitoylik kamerofon iPhone 12 Pro Max’ni mahv etib, DxOMark reytingida kuchli beshlikka kirdi!

Atigi 700 dollarlik bu qurilma dunyo tan olgan eng zo‘r va qimmat kamerofonlar – Huawei Mate 30 Pro, Xiaomi Mi 10 Pro, Galaxy S20 Ultra va hatto iPhone 12 Pro Max flagmanlarini ham ortda qoldirgan!

Egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

Qudratli flagmanlar o‘ntaligiga umuman kirmagan ushbu Xitoy smartfoni mazkur reytingda Samsung va Huawei kabi yetakchi smartfonsozlarning eng zo‘r flagmanlarini ham ortda qoldirib, g‘olib bo‘lgan!

2021 yil boshida o‘z narxiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi)

AnTuTu benchmarki endi besh xil narx toifasiga ko‘ra eng kuchli Android-smartfonlarni ham e’lon qildi. Bu yil yanvardan mazkur jamoa o‘z reytinglarida narx toifalarini qaytadan ko‘rib chiqqan.

AnTuTu reytingi: O‘yinbop flagman Mi 11’ni taxtdan ag‘dardi! (2021 yil yanvar)

Ro‘yxatda eng ko‘p – to‘rtta o‘rinni Vivo (va uning iQOO brendi) vakillari band etgan. Xiaomi (hamda Redmi brendi)ning uchta, Huawei’ning ikkita va Oppo’ning esa bitta modeli kuchlilar o‘nligiga kirgan.

Nihoyat, jahon smartfon bozorida Samsung’ni quvib o‘tishdi!

Lekin bitta chorak emas, balki butun 2020 yilda sotilgan smartfonlar soniga qarasak, Samsung yetakchilikni qo‘ldan bermaganini ko‘ramiz. Realme esa eng tez o‘sib kelayotgan brend sifatida e’tirof etilmoqda.

Zeiss optikali va Snapdragon 888 chipli Vivo X60 Pro+ chiqdi: mobil fotografiya taxtiga yangi da’vogar!

Xitoyda bu fotoflagmanning 8/128 gigabaytligini 774 dollar, 12/256 gigabaytligini esa 928 dollarga baholashgan.

TOP-10: Eng ravon ishlovchi smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil)

Reyting g‘olibi umuman Android-smartfonlar orasida 200 ballik dovondan oshgan birinchi gadjet bo‘lgan. Ravon ishlashi bo‘yicha u iPhone smartfonlari va iOS tizimi bilan bemalol bellasha oladi.

iQOO 7 ham chiqdi: Snapdragon 888 chipli ikkinchi flagman Xiaomi Mi 11’dan zo‘r, lekin undan arzon!

iQOO brendining bu geymerofoni eng kuchli Android-chipsetga ega smartfon bo‘lishdan tashqari, «Xitoycha Apple»ning yangi flagmanidan arzon ham. Shu bilan birga, ayrim jihatlariga ko‘ra raqibidan ustun keladi.

vivo V20 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

V20 Pro 5G smartfoni 400 dollar atrofidagi o‘rta toifa smartfoni bo‘lib, OLED displey, 5G aloqasi hamda Snapdragon 765G chipseti bilan jihozlangan.

Qualcomm protsessorli eng arzon 5G-smartfon taqdim qilindi!

Vivo Y31s yon qirrasiga daktiloskop o‘rnatilgan, 5000 mA/soatlik akkumulyatori 18 vattlik tezkor quvvatlanadi. Gadjet eng so‘nggi – Android 11 talqini bazasidagi Funtouch OS 10.5 boshqaruvi ostida ishlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш