Samsung sirli yangi texnologiyasini ilk bor sirli Galaxy A8s smartfonida qo‘llamoqda! (+«jonli» surat)

Ushbu texnologiya smartfon displeyi tepasidagi romning yanada ensiz bo‘lishini ta’minlaydi. 2019 yilda bunday yechimni ko‘plab smartfonsozlar o‘z modellariga tatbiq etishlari ham kutilayotir.

O‘zbekistonda endi barcha smartfon va planshetlar IMEI bo‘yicha ro‘yxatga olinadi!

Ro‘yxatga olish pulli bo‘ladimi, xizmat qiymati qancha bo‘ladi, u qay tartibda ko‘rsatiladi – bularning barini Axborot kommunikatsiyalari vazirligi 3 oy davomida belgilashi lozim.

Romsiz ekrani daktiloskopli slayder – Lenovo Z5 Pro taqdimot kuni ham ma’lum

Lenovo Z5 Pro flagmani old yuzasining 95 foizini qoplagan 6-6.5 dyuymlik Full HD+ displeyda barmoq izi skaneriga, Snapdragon 845 chipiga va 8 GBgacha tezkor xotiraga ega.

Nihoyat, ilk 5G-smartfon – Xiaomi Mi Mix 3 taqdim qilindi: atigi 475 dollardan boshlanuvchi, rekord «operativka»li flagman!

Xiaomi Mi Mix 3 – dunyodagi ilk 5G-smartfon, yana u rekord darajadagi tezkor xotirasi, butkul romsiz ekrani, kuchli to‘rtta kamerasi va boshqa jihatlari hamda arzon narxi bilan ham maqtansa arziydi!

Black Shark, Pocophone F1 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 25 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

2018 yilning aprelidan buyon benchmarklarda birinchi o‘rinni qo‘lan bermay kelayotgan Xiaomi Black Shark geymerofoni hamda «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 hamyonbop flagmani ham Terashop.uz’da bor!

Xiaomi hamkori tergan ilk Samsung smartfoni – Galaxy A6s taqdim etildi!

Samsung Galaxy A6s – janubiy koreyalik texnogigantning Xitoydagi arzon smartfonlar bozorini zabt etish uchun aynan «Osmon osti saltanati»da ishlab chiqqan ilk qurilmasidir.

O‘zbekistonda VPN va Proxy’dan foydalanganlik uchun jazo belgilandimi?

Yangi qonunda, jumladan, «telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanganlik» masalasiga tegishli o‘zgartishlar ham bor. Xo‘sh, bunda VPN yoki proksidan foydalanish ko‘zda tutilganmi?

Samsung qayishqoq displeyli ilk planshetni patentladi – uni har ikki tomonga ham buklash mumkin!

Buklangan holatida planshet ekrani uning ichida bo‘lishi ham, tashqarisida qolishi ham mumkin. Foydalanuvchi interfeysi esa to‘liq ekranga ham, uning yarmida ham moslashib ishlayveradi.

Facebook yangilangan Messenger’ni namoyish etdi: sodda, qulay va... ajoyib!

Facebook Messenger 4 talqinida tashqi ko‘rinish yangilangan, uni boshqarish ham qulaylashtirilgan. Bundan tashqari, messenjerda avvalgi to‘qqizta o‘rniga endi uchtagina varaqa bo‘ladi.

MDC M200: Android Go platformasida ishlovchi arzon smartfon tez kunlarda O‘zbekistonda!

MDC M200 smartfoni 4 yadroli MTK6580 chipiga, 1/8 gigabaytlik xotiraga, 5.45 dyuymlik LCD-ekranga ega. Old yuzasida 5 MPlik kamera, orqa panelda esa 5 MPlik kamera, LED-chaqnoq va barmoq izi skaneri bor.

10 GB «operativka»li ilk smartfon – Xiaomi Black Shark 2 taqdim etildi!

6 yoki 8 GBlik Black Shark 2 xaridorlariga 340 mA/soatlik batareyali Bluetooth-kontroller ham beriladi. 10 GBlik geymerofon jamlanmasida esa yana sensorli trekpadga ega qo‘shimcha geympad ham mavjud.

RASMAN: Nubia ham ikkinchi geymerofoni – Red Magic 2’ni jangga tayyorlayapti! (+«jonli» surat)

Ushbu ikkinchi «Qizil Jodu» Snapdragon 845 chipiga, 8 gigabaytgacha tezkor va 128-256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega. Uning korpusi yonlarida maxsus tugmachalar bo‘lib, ulardan o‘yinda foydalaniladi.

Nihoyat, Samsung qayishqoq displeyli buklama smartfon taqdimotiga taklif etyapti! (+video)

Samsung Developer Conference konferensiyasi taklifnomasida kompaniya o‘zining eng kutilayotgan mahsuloti – qayishqoq ekranli buklanuvchi Galaxy X smartfoniga ham ishora qilgan.

Xiaomi Mi Mix 3 chindan ham Snapdragon 855 (Snapdragon 8150) protsessorli bo‘ladi!

Elektronika mahsulotlari do‘koni «menyu»sida ko‘rsatilgan hafta «taom»i – Mi Mix 3’ning eng qiziqarli «masallig‘i» – Qualcomm kompaniyasining eng zo‘r, yangi avlod Snapdragon 855 protsessoridir.

Nokia 9 taqdimoti oldidan kompaniyaning flagmani butun dunyoda arzonlashmoqda

Yevropada ushbu flagman dastlab 630-650 yevro narxida sotuvga chiqqan bo‘lsa, ayni damda uni 530 yevroga olish mumkin. Buyuk Britaniyada uning narxi 450 funt sterlinggacha, Hindistonda esa 500 dollargacha tushdi.

Samsung Flash – nostandart dizaynli noutbuk namoyish etildi (+video)

Noutbuk qopqog‘i yulduzchalar bilan qoplangan, ish paneli qoplamasi esa mato yuzasiga o‘xshash. Klaviaturasidagi tugmachalari doirasimon shakli bilan yozuv mashinkasini eslatadi.

Bu smartfon 21-qavatdan tushib ketgach ham ishlayverdi!

Voqeadan xabar topgan ishlab chiqaruvchi Mai Jeniuga bepul ta’mirlash xizmatini taklif qilgan, ammo buncha shov-shuvdan keyin u bu smartfon o‘rniga yap-yangisini bersa kerak.

MDC Nova Pro: metall korpusli arzon 4G-smartfon sotuvga chiqdi!

Android 8.1 Oreo tizimli MDC Nova Pro to‘rt yadroli protsessor, 2/16 GB xotira (+128 GBgacha microSD-karta qo‘yish mumkin), barmoq izi skaneri va yuz skaneriga ega bo‘lib, 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Navee – eng qulay sichqoncha taqdim etildi, faqat narxi...

Navee’ning bunday shakli qo‘l bilagiga tushadigan bosimni kamaytiradi. Uni chapaqaylarga moslashtirish, yana qiyalik darajasini ham sozlash imkoni ham mavjud.

iPhone SE 2 butkul armonga aylandi, endi iPhone SE olishga ulgurib qoling!

Modomiki iPhone SE 2 chiqmasligi aniq ekan, endi qoyilmaqom dizaynga, ixcham, mustahkam va qulay korpusga ega ayfon xarid qilmoqchi bo‘lganlar tugab ketmasidan avval iPhone SE olishga ulgurishlari lozim.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш