Startaplar kundaligi #1

Startaplar kundaligi #1

Startap qachon o'z faoliyatini boshladi?Nima bilan shug'ullanadi?Qancha pul jalb qildi?
Shu kabi savollarga har hafta Dushanba kuni javob beramiz.
Bu Startaplar kundaligi va uning muallifi Ulugbek Ismatov.

Bugungi kundalikda : Swap.com va Andela startaplari haqida

Swap.com - Sovet tizimi komissiya tizimining internetlashuvi.Sotuvchi o'z mahsulotini pochta orqali Swap ga yuboradi, Swap kelgan mahsulotni gigiena va estetik me'yorlar bo'yicha tekshiradi, suratga oladi, qisqacha ma'lumot yozadi va mahsulotni saytga joylashtiradi.Sotib oluvchi uchun bu oddiy internet do'kondek ko'rinadi : katalog, qidiruv tizimi, savat, ombordan yetkazib berish, hammasi oddiy.
O'tgan yil boshida kompaniya 2017-yilda 16 million dollarlik daromad haqida gapirgandi, keyingi raund haqida gapirib, rejalarda IPO ga chiqish rejasi ham borligini bildirgandi.Lekin Piar piarligicha qoldi, hech nima yaxshilanmadi.Saytdagi trafik tushib ketmoqda, lekin shunga qaramay olinadigan kommisiya miqdori oshib 85% gacha chiqdi, eng arzon mahsulotlar egasiga atigi 15% qolayapti.
Startap esa hozir ham omborlarida 2 millionta tovar borligini aytmoqda.
Kimdir shu startapning muqobilini qilmoqchi bo'lsa, yaxshi dasturchi va oddiy ishlash mexanizmini ishlab chiqgan holda amalga oshirish qiyin emas.
Manzil : https://www.swap.com


Autsors haqida bizda ham ko'p gapirilmoqda, lekin bizdan ham mehnat kuchi arzon hududlar ko'paymoqda.

Andela - Afrikada dasturchilar autsors markazlarini quradi.Hududiy qaraganda ular yaxshigina, yetarlidan ko'proq ham to'lashmoqda, shuning hisobiga ishlamoqchi bo'lganlar ham ko'payib bormoqda, tanlov asosida ularning ichidan eng aqllilarini ajratib olib, ularga dasturlash "0" dan o'rgatishadi.Shundan keyin Autsorschi dasturchining ishi boshlanadi.
O'tgan haftalarning birida startap yangi raund investitsiyani qabul qildi, miqdori oz emas har holda, 100 million dollar.
Hozirgi kunda kompaniyada 1100 ta dasturchi, Piar xizmati yaqin yillarda dasturchilar sonini 5000 taga chiqarishni maqsadlari borligini ma'lum qilgan, katta maqsadlari esa qachondir 100 000 dasturchi ishlaydigan kompaniyaga aylanish.(Butun boshli dasturchilar shaharchasini qurushmoqchi menimcha) Agar investitsiya miqdorini hisoblab ko'rsak birinchi maqsadlarini amalga oshirishlari aniqdek, har bir kallani o'qitish narxi 25 000 dollarga aylanar ekan.Mustaqil tahlilchilar bu summani 15 000 dollar deyishmoqda, har qanday holatda ham masshtab tushunarli.O'tgan yilda Andela startapi Ruanda davlatiga chiqdi, bu esa ular ishlayotgan 4-davlat bo'ldi.

Manzil : https://andela.com/

Birinchi kundaligimiz tugadi.
Keyingilarida ko'rishguncha, sizlar bilan Startaplarni sevuvchi Ulug'bek bo'ldi.

Сайтимиз хабарларини Одноклассникидаги саҳифамизда кузатиб боринг!