Xiaomi Mi6 surat olishda iPhone 7 Plus’ni “ring”ga chorladi

Xiaomi Mi6 surat olishda iPhone 7 Plus’ni “ring”ga chorladi

Kechagina Xiaomi kompaniyasi o‘zining so‘nggi Mi6 flagmanini taqdim qildi. Uning qator ilg‘or jihatlari sirasiga 12 megapikselli 2 ta modulning birikuvidan iborat bosh kamerani ham ta’kidlash joiz. Kamera suratni 4 o‘q bo‘ylab barqarorlashtirish texnologiyasiga egaligi bilan diqqatga sazovor. Bu texnologiyaning ishlashiga smartfondagi akselerometr, giroskop kabi ichki sensorlar ham yordam beradi.

Xiaomi Mi 6 nafaqat flagmani 3,5 mm.li an’anaviy audio-portdan voz kechgani bilan, shuningdek 12 megapikselli qo‘sh ob’yektivli bosh kamerasi bilan ham iPhone 7 Plus’ning izidan bordi. Bu qo‘sh ob’yektiv flagmanga yon-tomon effektlariga ega portret surat olish, manzarani yaqinlashtirib turib sifatli surat olish imkonini beradi.

Bosh kamera 10 marotabalik raqamli yaqinlashtirish hamda 2 marotabalik optik yaqinlashtirish funksiyalariga ega. Bu jihatlari bilan ham Xiaomi Mi6 flagmani iPhone 7 Plus devaysini eslatib yuboradi. Quyida bu ikkala smartfonning imkoniyatlari sinovdan o‘tkazilgan ilk testni e’tiboringizga havola qilamiz. Suratlar T4U Gadget nashri tomonidan e’lon qilingan.

Xiaomi Mi6 hamda iPhone 7 Plus olgan suratlarni ko‘rib, aytish mumkinki, turli sharoit hamda formatda olingan suratlar sifatini solishtirib ko‘radigan bo‘lsak, xitoylik smartfon o‘zining ustun jihatlarini namoyon qilgan. To‘g‘ri, ranglarni tabiiy berishda iPhone 7 Plus kamerasining ishlashi to‘g‘ri. Biroq, bu rasmlar nisbatan xiraroq tuyiladi. Kamera algoritmining ishlashi esa Xiaomi Mi6’da yaxshi va bu algoritm yorug‘lik past sharoitda yorqinlik darajasini yaxshilash va ranglar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni oshirish chorasini ko‘radi.

Suratlarga bahoni o‘zingiz bering va Facebook’dagi sahifamizga izoh sifatida “chempion” nomini yozing. Biz esa hozircha Xiaomi Mi6 kamerasini o‘rganib, bilganlarimizni sizga yetkazishga harakat qilamiz.