23 foizga tezlashgan Google Chrome endi kuniga 17 yillik protsessor umrini tejaydi!

Ushbu ilova 91-versiyaga yangilanganidan so‘ng naq 23 foizga tezlashgan. Bunga esa yangi – Sparkplug kompilyatori hamda qisqa ichki chaqiruvlar tufayli erishilgan.

TOP-10: Amerikaliklarni qoniqtirgan smartfonlar reytingida iPhone’lar atigi yettinchi o‘rindan boshlanadi!

Egasini rozi qilgan smartfonlar o‘ntaligiga hattoki 2017 yilgi smartfon ham kirgan, lekin iPhone 12 turkumidan birortayam vakil yo‘q!

Google xaritasi aviahalokat joyida «arvoh-samolyot»ni ko‘rsatdi

BewareTheSpamFilter nikli foydalanuvchi Google Maps kartografik servisida g‘alati narsani uchratgan – 1979 yili aviahalokat sodir bo‘lgan nuqtada «samolyotning arvohi» paydo bo‘lgan!

YouTube’ga hech kimga yoqmaydigan majburiy funksiya 1 iyundan qo‘shiladi

YouTube ushbu amaliyotni AQShda o‘tgan yilning noyabridayoq joriy etgan edi, endi esa uning yangicha pul ishlash strategiyasi butun dunyo bo‘ylab tatbiq qilinadi.

Google I/O 2021: ilk Android 12 beta-versiyasi 26 modeldagi smartfonga taqdim etildi! (+ro‘yxat)

Qidiruv giganti Google I/O 2021 tadbirining birinchi kunida Android 12 Beta 1 versiyasini namoyish etdi va uni o‘rnatib sinab ko‘rish mumkin bo‘lgan smartfonlar ro‘yxatini ham e’lon qildi.

Android 12 rasmiy promo-roligini insayder tarqatib yubordi: yangi tizimda nimalar bor?

Bizni bir qator yangi vidjetlar va tugmachalar, bir nechta yangi animatsiyalar kutmoqda. Shuningdek, unda hatto turli ilovalardan kelgan bildirishnomalarni ham guruhlarga ajratish mumkin bo‘ladi.

Facebook, TikTok, Telegram kabilar o‘z serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirmasa, javobgarlikka tortiladi!

Deputatlarning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda mazkur ijtimoiy tarmoqlar va internet kompaniyalarga turli kiberhujumlar uyushtirib kelinmoqda.

Android’ning keragi yo‘q: Xiaomi smartfoni HarmonyOS asosidagi MIUI bilan ishlayapti! («jonli» video)

Xiaomi uchinchi raqamli smartfonsoz bo‘lib, dunyo bo‘ylab yiliga ikki yuz milliondan oshiq telefon sotyapti. Agarda u Android’dan voz kechib, HarmonyOS’ga o‘tadigan bo‘lsa, Google katta bozorni qo‘ldan chiqaradi.

Apple ortidan Google ham yangi qoidalarni joriy etyapti

Qidiruv gigantining vakillari bu foydalanuvchilarga ilovalarning qanday ma’lumotlarni qayta ishlashini va to‘plashini tushunishga yordam berishini aytdi.

Redmi’ning yangi avlod Android-televizori xususiyatlarini Google sotib qo‘ydi

Kodli nomi Tarzan bo‘lgan ushbu yangi gadjetning qachon, qanday nom ostida taqdim etilishi va bozorga chiqishi hozircha noma’lum. Xususiyatlariga qaraganda, u hamyonbop televizor bo‘ladi.

Google video, o‘yin va kitoblarni bitta servisga jamladi

Pandemiya ta’sirida planshetlarga talab ham ortdi; Google bu bozorni qo‘llab-quvvatlash uchun videolar, o‘yinlar hamda kitoblarni o‘zida birlashtiruvchi yangi – Entertainment Space servisini taqdim etdi.

Google o‘zining Fuchsia operatsion tizimli ilk gadjetini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Fuchsia tizimli ilk devaysni dastlab sinovchilar uchun chiqarishi mumkin. Yangi dasturiy ta’minotni real gadjetda sinab ko‘rib, kamchiliklar aniqlansa tuzatib, keyin tijorat versiyasini taqdim etishsa kerak.

Apple, Google hamda Amazon bahsi: kimning ovozli yordamchisi eng aqlli?

Ayrim savollar raqamli yordamchilarni chalg‘itishga mo‘ljallangan edi, chunki ularning shunchaki javobi yo‘q. Masalan, «Marsga qo‘ngan birinchi inson kim edi?» singari.

Google rahbari Sundar Pichai o‘tgan yili qancha maosh olgani ma’lum bo‘ldi

Gadgets Now nashrining yozishicha, lavozimi va shu bilan birga mas’uliyatlarining oshishi Pichaiga to‘lanadigan maoshning ko‘tarilishiga ham sabab bo‘lgan.

TOP-50: eng ishonchli kompaniyalar reytingida Apple atigi 46-o‘rinda!

Ha, biz odamlar hammasidan ko‘ra ko‘proq LEGO’ga ishonadigan zamonda yashayapmiz!

Google kompaniyasi Mi Band 6’ning «kushanda»sini chiqaryapti

Boshqa fitnes-bilaguzuklardan farqli ravishda, Fitbit Luxe modeli premial tashqi ko‘rinishga ega. Gadjet metall korpusda bo‘lib, uch xil (Black, Soft Gold, Platinum) rangli variantda taklif etiladi.

Google sayyoramiz 37 yil ichida qanday o‘zgarganini ko‘rsatdi (video)

«Umid qilamizki, sayyoramizning bunday ko‘rinishi muhim munozaralarni boshlaydi, yangi kashfiyotlarga hissa qo‘shadi va ba’zi global muammolar haqida odamlarning fikrlarini o‘zgartiradi», deb yozadi Google.

Eng innovatsion ellikta kompaniya (BCG reytingi, 2021 yil)

Bu yilgi haqiqiy innovatorlar safiga COVID-19 vaksinasi ishlab chiqqan kompaniyalar ham kirgan: Pfizer, Johnson & Johnson, Moderna va AstraZeneca. Ammo dastlabki to‘qqizta o‘rinda – texnologik kompaniyalar.

Android 12 taqdim etiladigan Google I/O 2021 sanasi rasman e’lon qilindi

Kompaniya bu yil dasturchilarga mo‘ljallangan konferensiyaning onlayn tarzda o‘tishini va vaqtini oldindan aytib qo‘yaqoldi.

Dunyodagi eng boylarning yangi reytingi: asosan IT-gigantlar egalari!

Ushbu ro‘yxatda hali ham Amazon asoschisi Jeff Bezos yetakchilik qilmoqda, uning boyligi bir yilda 64 milliard dollarga ko‘payib, 177 milliard dollarga yetdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш