Google I/O 2021: ilk Android 12 beta-versiyasi 26 modeldagi smartfonga taqdim etildi! (+ro‘yxat)

  •   DiMaX
  •  961
  •  19.05.2021 09:45

Google I/O 2021: ilk Android 12 beta-versiyasi 26 modeldagi smartfonga taqdim etildi! (+ro‘yxat)

Google kompaniyasi o‘tgan yili koronavirus tufayli Google I/O konferensiyasini bekor qilgandi. Bu yilgi anjuman onlayn tarzda o‘tkazmoqda va unda Android 12 operatsion tizimining ilk ommaviy beta-talqinini namoyish etdi.

O‘QING: Android 12 rasmiy promo-roligini insayder tarqatib yubordi: yangi tizimda nimalar bor?

Google I/O 2021 tadbirining birinchi kunida Android 12 Beta 1 versiyasini namoyish etgan Google kompaniyasi uni o‘rnatib sinab ko‘rish mumkin bo‘lgan smartfonlar ro‘yxatini ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, qidiruv gigantining o‘z telefonlaridan tashqari, yana o‘nta brendning ayrim smartfonlari yangi operatsion tizimning beta-testlarida qatnasha oladi.

Ko‘rib turganingizdek, sinov dasturiga Asus, OnePlus, Oppo, Realme, Sharp, Tecno, TCL, Vivo, Xiaomi hamda ZTE brendlari jalb etilgan.

O‘QING: Turli hududlarda eng ommabop smartfon brendlari qaysilar?

Android 12 Beta 1 dasturiy ta’minotini sinab ko‘rish mumkin bo‘ladigan modellar ro‘yxati quyidagicha (ulardan ayrimlariga yangi proshivkani allaqachon yuklab olish mumkin):

  1. Pixel 3;
  2. Pixel 3 XL;
  3. Pixel 3a;
  4. Pixel 3a XL;
  5. Pixel 4;
  6. Pixel 4 XL;
  7. Pixel 4a;
  8. Pixel 4a (5G);
  9. Pixel 5;
  10. Asus Zenfone 8;
  11. OnePlus 9;
  12. OnePlus 9 Pro;
  13. iQOO 7 Legend;
  14. Xiaomi Mi 11;
  15. Xiaomi Mi 11 Ultra;
  16. Xiaomi Mi 11i;
  17. Xiaomi Mi 11X Pro;
  18. Realme GT 5G;
  19. Realme GT Neo
  20. Oppo Find X3 Pro;
  21. Tecno Camon 17;
  22. Vivo X60 (tasdiqlanmagan);
  23. Vivo X60t (tasdiqlanmagan);
  24. Vivo X60 Pro (tasdiqlanmagan);
  25. Vivo X60 Pro Plus (tasdiqlanmagan);
  26. ZTE Axon 30 Ultra 5G (faqat Xitoyda).

Ro‘yxatning boshidagi Google Pixel modellariga Android 12 Beta 1 proshivkalarini ushbu havola orqali ko‘chirib olish mumkin. Qolgan rusumlardagi smartfonlar egalari esa tegishli ishlab chiqaruvchining rasmiy saytidan beta-test dasturi sahifasini topishlari kerak.

O‘QING: Android 12’ga yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining ulkan ro‘yxati

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!