TOP-50: eng ishonchli kompaniyalar reytingida Apple atigi 46-o‘rinda!
Kuni kecha biz Boston Consulting Group konsalting kompaniyasiga ko‘ra eng innovatsion ellikta kompaniya ro‘yxatini e’lon qilgan edik. RepTrak tahlil kompaniyasi esa foydalanuvchilarning taqrizlariga asoslangan holda yirik brendlarning reputatsiyasi – ishonchlilik reytingini taqdim etdi.
O‘QING: TOP-10: dunyodagi eng hurmatli kompaniyalar (Fortune reytingi)
Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, unda birinchi o‘rinni raqamli texnologiyalar sohasidagi biror gigant emas, balki... LEGO egallagan!
TOP-o‘ntalikka quyidagi kompaniyalar kirgan:
- LEGO
- Rolex
- Ferrari
- Bosch
- Harley-Davidson
- Canon
- Adidas
- Walt Disney Company
- Microsoft
- Sony
RepTrak reytingi o‘tgan yilning dekabridan to bu yilning yanvarigacha bo‘lgan davrda olingan ma’lumotlarga asoslangan. Ishonch indeksi iste’molchilar orasida o‘tkazilgan so‘rov, turli ko‘rsatkichlarning OAVda yoritilishi asosida baholangan.
O‘QING: Dunyoning eng qimmat brendlari: Global 500 reytingida lider almashdi!
Nisbatan yuqori – 74,9 ball olganiga qaramasdan, Apple ko‘plab texnogigantlar, shu jumladan Microsoft, Google, Intel va Samsung kompaniyalaridan ancha pastda, ya’ni 46-o‘rinda joylashgan.
Umuman olganda, elliktalik reytingga quyidagilar kirgan:
Elektron savdo imperiyasi – Amazon bor-yo‘g‘i 92-pog‘onaga loyiq ko‘rilgani, Facebook esa hatto yuztalikka ham kira olmaganini hisobga olsak, kupertinoliklar ranjimasa ham bo‘ladi.
O‘QING: Apple va Netflix aynan O‘zbekistonni tanladi. Nega Qozog‘istonni emas?