Redmi K30i 5G namoyish qilindi – Snapdragon chipli eng arzon 5G-smartfon!

Yangi smartfon ikkita SIM-karta bilan, 5G tarmoqlarida ishlay oladi. Qurilma standart quloqchin tirqishi va USB Type-C portiga, kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC hamda Wi-Fi (802.11ac) modullariga ega.

31 maygacha internet-to‘plamlarni yarim narxida oling!

Xabarga ko‘ra, 31 maygacha 1000, 2000 va 3000 MBlik to‘plamlarni abonentlar 30 kunga 50% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin. To‘plamlar soni cheklanmagan, ular faqat jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.

Epic Games Store tekinga tarqatgan o‘yinlarning asl narxini bilasizmi?

O‘yinsozlar o‘z mahsulotlarini bepul berishdan manfatdor emaslar; shunday ekan, kompaniya ular bilan qandaydir hamkorlik shartnomasi tuzgan. Lekin o‘yin industriyasi hali bunaqa saxovatga guvoh bo‘lgan emas!

Yangi hamyonbop smartfon – Galaxy A11 sotuvga chiqdi, narxi bilan tanishamiz

O‘tgan haftada Samsung o‘rta narx toifasidagi Galaxy A11 smartfonini namoyish qilgan. Bu – uch modulli bosh kamera va ekran tirqishidagi old kameraga ega model bo‘lib, o‘shanda uning narxini aytishmagan edi.

Atigi 90 dollarga NFC, kvadrokamera va 128 GB xotirali smartfon chiqdi! (+video)

Galaxy S20 flagmanlari dizaynidagi Cubot P40 odatda arzon telefonlarda uchramaydigan NFC chipiga va Android 10 operatsion tizimiga ham ega ekanligi boshqa smartfonsozlarning hasadini keltirishi aniq.

Huawei eng arzon 5G-smartfoni namoyishini rasman e’lon qildi!

Afsuski, hozircha Huawei Enjoy Z 5G haqida tafsilotlar e’lon qilinmagan, lekin u 20 may kuni taqdim etilayotgan Honor X10 modelining qayta nomlangan versiyasi bo‘lishi mumkin.

Redmi K30 va K30 Pro arzonlashdi, chunki Redmi X10, Redmi X10 5G hamda Redmi X10 Pro 5G tayyor!

Hali chiqmagan Redmi 9, Redmi Note 10 5G va Redmi 10X haqida, hatto rasmlari bilan yozgandik. Endi esa bulardan ham boshqa, nomlari «Redmi X» bilan boshlanuvchi smartfonlar haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi!

Samsung smartfonlari, planshetlari va televizorlariga chegirma, yana sovg‘alari ham bor!

Aksiyalar doirasida ayrim planshetlar, televizor va flagman smartfonlarni qulay shartlar asosida olish mumkin. Ba’zi gadjetlar xaridida televizorgacha bo‘lgan sovg‘alar qo‘yilgan!

Redmi yanada arzon 5G-smartfon tayyorladi, xususiyatlari bilan tanishamiz!

Bu smartfon hali rasman namoyish etilmagan MediaTek Dimensity 820 protsessori bazasiga quriladi, boshqa xususiyatlari Redmi’ning hozirgi aksariyat hamyonbop modellari darajasida.

Yangi protsessorli, hamyonbop Galaxy A21s: rasmlari, narxi va xususiyatlari

Samsung ushbu modelida o‘zining yangi – Exynos 850 protsessorini qo‘llagan va u 5G tarmog‘ida ishlay olmaydi. Smartfonning tezkor/doimiy xotirasi tegishlicha 3/32 gigabaytlik hajmga ega.

Narzo 10A hamda Narzo 10 chiqdi – ulkan akkumulyatorli arzon smartfonlar!

Narzo 10 o‘yinbop Helio G80 chipsetiga, 6,5 dyuymlik HD+ displeyga, 4/128 GB xotiraga hamda 48 MPlik kvadrokameraga ega. Narzo 10A esa 12 + 2 + 2 MPlik kamera, Helio G70 chipi va 3/32 GBlik xotiralidir.

LG atigi 150 dollarga uchtalik kamerali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqardi! (+«jonli» video)

Smartfon MIL-STD-810G harbiy standartiga ega, ya’ni nafaqat suv va changdan, balki zarbalardan ham himoyalangan. Uning 4000 mA/soatlik akkumulyatori zamonaviy USB Type-C porti orqali quvvatlanadi.

Intel protsessorli bu monoblok kompyuterni atigi 99 dollarga olish mumkin! (+video)

Gole11 modelini monoblok yoki smart-displey deyish mumkin, ishlab chiqaruvchi esa uni Celeron protsessori, 11,6 dyuymlik ekran va Windows 10 tizimli eng arzon shaxsiy kompyuter, deb atamoqda.

Samsung arzon narxda yupqa va metall korpusli planshet chiqardi

Exynos 9610 protsessorli Galaxy Tab S6 Lite diagonaliga 10,4 dyuymlik, tasvir aniqligi 2000x1200 piksellik IPS-displeyga ega. 7040 mA/soatlik akkumulyatori tufayli bitta quvvatda 13 soatgacha ishlay oladi.

Antiqa aksiya: RAZR «raskladushka»sidan bitta olsangiz, ikkinchisi – sovg‘a!

Kompaniya uni bo‘lib to‘lash usuli bilan ham sotyapti: boshlang‘ich to‘lovini amalga oshirib, Motorola RAZR’ni olib ketaverish mumkin, qolgan pulini esa oyiga atigi 42 dollardan uch yilda to‘lab tugatiladi.

iPhone SE 2’dan qo‘rqqan Samsung eng yangi flagmanlarini 50% chegirma bilan sotyapti!

To‘g‘ri, iPhone SE 2 narxiga va xususiyatlariga ko‘ra Galaxy S20’larga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib emas. Lekin Samsung aynan u sotila boshlashi bilan bu flagmanlarini bozorda ilgari surishga zo‘r bermoqda.

Eng arzon 5G-flagman endi Realme X50m emas – Redmi K30 5G narxi naq 55 dollarga pasaydi!

Yaqinlargacha eng arzon 5G-smartfon – Redmi K30 edi, ammo mazkur brendning jiddiy raqibi – Oppo korporatsiyaga qarashli Realme kompaniyasi undan ham zo‘rini yanada arzon narxda savdoga qo‘ygandi...

Xiaomi uchta ommabop smartfonini ancha arzonlashtirib sotyapti

Kuni kecha Mi Note 10 Lite, Redmi Note 9 hamda global Redmi Note 9 Pro smartfonlarini taqdim etgan Xiaomi ularning savdoga chiqishi arafasida oldingi rusumlardagi telefonlar narxini tushiryapti.

Quvvati 2 kunga yetuvchi Xiaomi Mi Note 10 Lite chiqdi: ilg‘or xususiyatlar va arzon narx!

Bu fablet ham Snapdragon 730G protsessori vaa 5260 mA/soatlik akkumulyatorga, NFC chipi va infraqizil portga, 3,5 millimetrlik audiotirqishga, MIUI 11 grafik qobig‘i ostidagi Android 10 tizimiga ega.

Samsung’ning eng arzon smartfoni – Galaxy M01 xususiyatlari sizga ham yoqadi!

Android 10 tizimli Galaxy M01 modeli Snapdragon 439 chipi va 3 GBlik tezkor xotiraga ega. Uning kemtikli displeyi 6,4 dyuymlik, tasvir aniqligi esa HD+ ekanligi ham oydinlashdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш