Antiqa aksiya: RAZR «raskladushka»sidan bitta olsangiz, ikkinchisi – sovg‘a!

  •   DiMaX
  •  2497
  •  05.05.2020 14:41

Antiqa aksiya: RAZR «raskladushka»sidan bitta olsangiz, ikkinchisi – sovg‘a!

Lenovo kompaniyaga qarashli Motorola brendi o‘zining birinchi buklamafoni – RAZR modelini 2019 yilning noyabrida taqdim qilgan. Keyinroq Samsung ham unga o‘xshash, ammo kutilganidan arzon Galaxy Z Flip «raskladushka»sini chiqargan, tag‘in...

O‘QING: Motorola RAZR izidan: yana ikkita xitoylik smartfonsoz «raskladushka» tayyorlamoqda

Kompaniya ushbu RAZR buklamafoni uchun AQShda qiziq aksiya e’lon qildi. Unga ko‘ra, qayishqoq displeyli mazkur «raskladushka»dan bitta olgan xaridorlarga Motorola ikkinchisini hadya etyapti! Shu tariqa, 1500 dollarga bitta emas, ikkita Motorola RAZR olish mumkin.

Bundan tashqari, kompaniya mazkur buklamafonini pulini uch yil davomida bo‘lib to‘lash usuli bilan ham sotyapti. Ya’ni, xaridorlar smartfonning boshlang‘ich to‘lovini amalga oshirib, Motorola RAZR’ni olib ketaverishlari mumkin, qolgan pulini esa oyiga atigi 42 dollardan uch yilda to‘lab tugatishadi.

Afsuski, yuqoridagi ikkita aksiya ham faqat AQSh bozorida joriy etilgan, boshqa mamlakatlardagi xaridorlar uchun bunaqa imkoniyatlar yo‘q.

O‘QING: iPhone SE 2’dan qo‘rqqan Samsung eng yangi flagmanlarini 50% chegirma bilan sotyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!