Apple tez orada iPhone 14 ning yangi variantini taqdim qilishi mumkin

Apple tez orada iPhone 14 ning yangi variantini taqdim qilishi mumkin

Agar siz Apple'ning ashaddiy muxlisi bo'lsangiz, unda kupertinolik kompaniya tez orada o'zining hozirgi iPhone 14 smartfonlarini yangi ranglar bilan yangilashini bilasiz. Gap shundaki, Apple har yilning bahor fasli boshida sotuvlarni oshirish uchun o'zining ayfonlari ranglarini bahoriy kayfiyatdagi ranglar bilan yangilaydi va biz, ehtimol, bu yilgi rang qanday bo'lishini bilamiz.

Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog'ida paydo bo'lgan postga asoslanib Mac Otakara yapon blogining xabar berishicha (MacRumors orqali), Apple bahorda o'zining iPhone 14 va iPhone 14 Plus smartfonlarining sariq – "Canary Yellow" rangdagi variantini taqdim qilishni rejalashtirmoqda.

Foto: MacRumors

MacRumors, shuningdek, Apple'ning PR jamoasi keyingi hafta yangi mahsulot taqdimotini tayyorlashayotganin ma'lum qiladi. O'tgan yilgi iPhone 13 seriyasi yangi yashil rangda 8-mart kuni taqdim qilinganligini hisobga olsak, bu yangi rangli iPhone bilan bog'liq e'lon bo'lishi mumkin.

Ta'kidlash joizki, Apple portfoliosida allaqachon bunday randagi smartfonlar mavjud: iPhone 11 (2019) va iPhone XR (2018). Shunday ekan, iPhone 14 smartfonlari chiqarilishi kutilayotgan bahoriy rang sariq bo'lmasligi ham mumkin. Agar mish-mishlar to'g'ri bo'lsa, balki bu tilla rangga yaqinroq bo'lgan sariq bo'lishi ehtimoli ham yo'q emas.