37 kun avtonom ishlovchi, retro-dizaynli Amazfit Neo smart-soati chiqdi

Dizayni retro usulida bo‘lsa-da, Amazfit Neo modelining «ichki dunyosi» ancha zamonaviy. Korpusi esa 5 atmosfera bosimigacha bo‘lgan darajada suvdan himoyalangan.

200 dollarlik Gionee M30 chiqdi: akkumulyatori naq 10 000 mA/soatlik smartfon-poverbank!

Gionee kompaniyasi kuni kecha daktiloskopning joylashuvi bo‘yicha eng original smartfonni taqdim qilgan edi. Endi esa u o‘ta sig‘imdor batareyali Gionee M30 modelini namoyish etdi.

Terlagan kaftni sovituvchi parrakka ega geyming sichqonchasi ishlab chiqarildi

Mindshunter kompaniyasi Zephyr nomli o‘yinlar uchun mo‘ljallangan kompyuter sichqonchasini taqdim qildi.

29 avgustgacha Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga ulkan chegirmalar bor

Qiziqarli chegirmalar smartfonlardan tashqari, Xiaomi ekotizimining qolgan qurilmalari – televizor, quloqchin, robot-changyutgich va hokazolar uchun ham amal qiladi.

PlayStation 5 hamda aksessuarlarining barcha bozorlarga chiqish sanalari va narxlari e’lon qilindi

Pristavka uchun eng qimmat aksessuar Pulse 3D simsiz garniturasi bo‘lib, Yevropada uning narxi AQShdagidan ham balandroq. Lekin tikka podstavkani Yevropadagi geymerlar arzonroq olishlari mumkin bo‘ladi.

Dunyodagi eng ommabop smart-soatlar (2020 yilning 1-yarmi)

Counterpoint joriy yilning birinchi yarmi holatiga ko‘ra aqlli soatlar bozori bo‘yicha hisobotni e’lon qildi. Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, mazkur bozorda pul hisobiga ko‘ra 20 foizlik o‘sish bo‘lgan.

Huawei ikkinchi avlod – Eyewear II smart-ko‘zoynagini taqdim etdi

Eyewear II bandidagi 3D Touch sensor panel yordamida qo‘ng‘iroqlar va musiqani boshqarish, ovozli yordamchini chaqirish mumkin. Gadjet USB Type-C porti orqali, shuningdek simsiz usulda ham quvvatlana oladi.

Realme hatto smartfon g‘ilofidan ham arzon quloqchin taqdim etdi (+video)

Realme Buds Classic simlari chalkashib ketmasligi uchun tasmacha shaklidagi sariq organayzerga ham ega. Uning pultiga qo‘ng‘iroqlarga javob berish va musiqani boshqarish tugmachasi va HD-mikrofon o‘rnatilgan.

Apple’dan ham avval Samsung xasislikni boshladi: Galaxy Note 20 qadog‘idan muhim aksessuarni olib qolishyapti!

Samsung yangi smartfonlar qadog‘iga zaryadnik qo‘shmasligi haqida xabar bergan edik. Lekin janubiy koreyaliklr xasislikni allaqachon – yaqinda namoyish qilingan fabletlaridanoq boshlab yuborishibdi!

iPhone 12 taqdimoti baribir kechikadi – ishonchli insayder aniq sanalarini aytdi

O‘n ikkinchi avlod ayfonlardan tashqari, yangi avlod Apple Watch hamda iPad’larning ham sotuvga chiqish kunlari allaqachon ma’lum bo‘lgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш