Xiaomi nihoyat Snapdragon 865 protsessorli eng arzon smartfon taqdimotini e’lon qildi! (+«jonli» rasmlar)

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Redmi K30 Pro smartfonining romsiz ekrani 6,67 dyuymlik o‘lchamda. Har qanday tirqish va kemtiklardan xoli displeyning kadr yangilanish chastotasi esa 90 gerslik.

Xiaomi narxi 285 dollardan oshuvchi barcha 4G-smartfonlarini yo‘q qilmoqchi!

285 dollardan qimmat 4G-smartfonlar ro‘yxatida 108MP kamerali ilk modeli – Mi CC9 Pro ham bor. Uning global versiyasi – Mi Note 10 modeli esa «Xiaomi’ning eng mustahkam smartfoni», deya tan olingan.

Atigi 8 dollardan sotilayotgan «videokuzatuv kamerasi»ning siri nimada?

G-Kellway kompaniyasining feyk kamerasini AliExpress’dan 8 dollarga ham bormaydigan narxda xarid qilish imkoni mavjud. Xaridor o‘z istagiga ko‘ra uning qora yoki kumushrang tuslisini tanlashi mumkin.

Samsung ham Redmi Note 9 Pro Max narxida «avtonomlik monstri»ni sotuvga chiqardi

«Xitoycha Apple» yangi modellarini taqdim etgach, Samsung ham g‘imirlab qoldi: 14 martdan boshlab u eng sig‘imdor – naq 6000 mA/soatlik batareyaga ega arzon smartfonini yangicha talqinda chiqaryapti.

Bo‘lajak bestseller – Redmi Note 9 Pro ham namoyish etildi, «jonli» videoda uni ochib ishlatib ko‘ramiz!

Redmi Note 9 Pro smartfoni apparat ta’minoti asosi va qiyofasiga ko‘ra Redmi Note 9 Pro Max bilan bir xil. Ularning o‘zaro farqlari ko‘p bo‘lmasa-da, baribir ahamiyatli.

Nihoyat, Redmi Note 9 Pro Max taqdim etildi – narx va jihatlari bilan tanishamiz!

Smartfonning old va orqa panellariga Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi yotqizilgan. Barmoq izi skanerini esa korpusning o‘ng qirrasiga o‘rnatishgan.

Android-smartfonlar ikki baravar tez arzonlashadi!

O‘rta narxli va arzon Android-smartfonlar narxi esa yanada tez pasayadi: 350 dollarlik smartfon birinchi yilda 48,65 foizga arzonlashadigan bo‘lsa, ikki yilda bu ko‘rsatkich naq 79,66 foizga yetadi!

Arzon va hamyonbop Samsung smartfonlari ishqibozlariga xushxabar bor!

Eng arzon turkumning kenja vakili ham old kamera uchun tirqishli – Infinity-O turidagi, HD+ formatli displeyga, Qualcomm protsessoriga va 3 GBlik tezkor xotiraga ega ekanligi oshkor bo‘ldi.

200 dollarlik Galaxy M21 qiyofasi va namoyish kunini rasmiy poster oshkor etdi

Galaxy M21 modelida tomchisimon kemtikli, ya’ni Infinity-U turidagi ekranning ostki romi birmuncha qalin. Tahlilchilar uning bulturgi «ajdod»i – Galaxy M20 singari bestseller bo‘lishini prognoz qilishmoqda.

Naq o‘n xil Xiaomi smartfonini 123 dollargacha chegirma bilan oling!

Quyidagi smartfonlar xaridida chegirmalar va sovg‘alar berish ko‘zda tutilgan: Xiaomi Mi 9, Redmi Note 8 Pro, Redmi 8A, Redmi Note 8T, Redmi Note 7, Redmi 7A, Mi Note 10, Mi 9 Lite, Mi 9T hamda Mi A3.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш