Qasoskorlar smartfoni: OnePlus 10T Marvel Edition

Qasoskorlar smartfoni: OnePlus 10T Marvel Edition

OnePlus kompaniyasi o'zining yangi telefonlaridan biri - OnePlus 10T modelining Marvel superqahramonlari stilidagi yangi versiyasini hafta oxirida Hindiston bozoriga chiqaradi.

Maxsus nashrdagi smartfonning o'ziga xos katta qutisi qora rangli OnePlus 10T va Marvel'ning bir nechta superqahramonlaridan ilhomlanib tayyorlangan aksessuarlar – Temir Odam himoya keysi, Kapitan Amerika qalqoni stilidagi yumaloq tutqich va Qora Pantera telefon ushlagichini o'z ichiga oladi.

Ta'kidlash joizki, bu xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchisining Marvel bilan birinchi marta hamkorlik qilishi emas: bir necha yil avval kompaniyasi o'zining OnePlus 6 Marvel Avengers versiyasini chiqargan edi.

OnePlus 10T Marvel nashri 16/256 GB xotira konfiguratsiyasida 56,000 hind rupiyasi yoxud 7,597,000 so'm atrofidagi narxida sotuvga chiqariladi. Afsuski, kompaniya ushbu versiyaning boshqa bozorlarga chiqarilishini ochiqlamagan.

O'QING: iPhone 13 Pro kamerali Android smartfon 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.