23 iyulda Honor 9X smartfonlari bilan birga yana nimalar taqdim etiladi?

Honor Band 5 fitnes-bilaguzugi qonning oksigenatsiyasi darajasini, ya’ni, kislorod bilan qanchalik to‘yinganligini ham o‘lchay oladi.

Honor MagicBook Pro – romsiz noutbuk: taqdimot kuni, jihatlari va rasmiy videosi!

Intel i5-8265U chipi hamda Nvidia GeForce MX250 videokartasi bilan jihozlangan Honor MagicBook Pro noutbukini 23 iyul kuni, Honor 9X turkumidagi smartfonlari bilan birga namoyish qilmoqchi.

Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz

Ishlatayotgan noutbukingiz yoki kompyuteringiz qachondir bir marta bo‘lsayam ulangan barcha Wi-Fi tarmoqlarining parollarini istalgan paytda shu yo‘l bilan aniqlay olasiz.

Microsoft kishilarni yangi Windows’ga o‘tishga majburlashning antiqa yo‘lini topdi

Kompaniya kompyuterlar egalarini yangi – Windows 10 tizimiga o‘tkazish yo‘lida hatto o‘zgacha yo‘l tutishdan ham tap tortmayapti – u Windows 7 va undan avvalgi talqinlarda ayrim loyihalarni to‘xtatyapti.

Torrent ishlatasizmi? Jiddiy hujumga tayyor turing!

ESET mutaxassislarining taxmin qilishlaricha, ushbu virusni tarqatayotgan xakerlar zararlangan kompyuterlarni botnet-tarmoqqa birlashtirib, ular orqali yirik DDoS-hujum uyushtirishni ko‘zlashgan.

Apple yangilangan MacBook Air hamda MacBook Pro noutbuklarini taqdim etdi – o‘zgarishlar katta!

MacBook Air noutbukining Retina displeyi endi True Tone texnologiyasiga ega bo‘ldi, MacBook Pro’ning esa eng arzon versiyasida ham Touch Bar sensor paneli mavjud.

RASMIY VIDEO: Galaxy Note 10 biryo‘la kompyuter, noutbuk va smartfon o‘rnini bosadi!

Yangi tizerda Samsung, bir nechta turdagi qurilma o‘rniga bittasini – Galaxy Note 10’ni ishlatish mumkinligini aytgan.

Microsoft kutilmaganda Windows 1.11’ni taqdim etdi! (+video)

Windows 1.11 dasturini Microsoft kompaniyasining rasmiy onlayn-do‘konidan yuklab olish imkoni mavjud. Unda klassik Paint va Terminal ilovalari, shuningdek, yangi eksklyuziv kontent ham mavjud.

Huawei bosh direktori: «HongMeng nafaqat Android, balki hatto iOS’dan ham zo‘r!»

HongMeng tizimida operatsiyalar orasidagi ushlanib qolish vaqti 5 millisoniyaga ham bormaydi. Bundan tashqari, Huawei mazkur tizimni o‘zining Kirin turkumidagi protsessorlariga moslab optimallashtiradi.

Samsung ekrani 50 foizga cho‘ziluvchi, o‘yinbop noutbuk chiqaradi

Ekran ikki tomonidan metall rom bilan mahkamlangan bo‘lib, yoyilganida uning chetki qismlari bilan birga romlari ham suriladi. Ya’ni, displey yon tomonlaridan shikastlanishdan himoyalangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш