Google ilk bor Fuchsia haqida so‘z ochdi: u Android «qotili»mi?

«Eksperimental Fuchsia’dan maqsad – turli form-faktorlar, «aqlli uy» gadjetlari, taqiluvchi devayslar va, ehtimol, to‘ldirilgan va virtual reallik qurilmalari bilan ishlay olish», degan u.

Android 10 Q’gacha yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlari ro‘yxati

Google kompaniyasi Android 10 Q operatsion tizimini e’lon qildi, ammo foydalanuvchilarga u kuzga yaqin butkul taqdim etiladi. Ungacha yangilanuvchi Samsung Galaxy qurilmalari ro‘yxati bilan tanishing.

Apple’ning eng ko‘p sotilayotgan gadjeti ma’lum bo‘ldi – bu iPhone emas!

Above Avalon ekspertlari gadjetlarni baholashga o‘zgacha yondashuvni amalga oshirishdi. Ya’ni, har bir devaysning savdosi boshlaganidan keyingi ikki yil mobaynidagi sotilish ko‘rsatkichlari hisobga olindi.

«Uchib» ishlovchi Windows Lite (yoki Lite OS) operatsion tizimi qachon chiqadi?

Yengillashtirilgan operatsion tizim ikkita ekranli qurilmalarga, shuningdek, kuchsiz protsessorga va kichikroq tezkor xotiraga ega bo‘lgan planshetlar va noutbuklarga moslashtiriladi.

iPhone va Android-smartfonlarda endi Google Assistant bolalarga ertak aytib beradi!

Buning uchun Google Play Books ilovasining so‘nggi versiyasini o‘rnatish kerak. Keyin esa Google Assistant’ga: «Hey Google Tell Me A Story», ya’ni «Hoy Google, menga biror hikoya aytib ber», deyish kifoya.

iPhone va iPad’larning «ota»si – Apple ko‘rsatmagan W.A.L.T ilk «jonli» videoda!

Kupertinolik korporatsiya 2007 yili moddiy klaviaturasi bo‘lmagan birinchi smartfonni taqdim etgandi. Biroq ayni shunday texnologiyaga ega ilk qurilmasini u hali 1993 yildayoq ishlab chiqargan ekan!

XUShXABAR: O‘zbekistonda IMEI-kodi mos kelmagan smartfonlar hozircha bloklanmaydi!

Lekin mobil qurilmalarni IMEI-kodi bo‘yicha avtomatik ro‘yxatga olish jarayoni yakunlangach, IMEI-kodi devaysning haqiqiy modeliga muvofiq kelmaydigan gadjetlarni ham bloklash boshlanadi.

iOS tizimiga 2015 yildayoq joriy etilgan funksiya Android Q talqiniga endi qo‘shilyapti! (+video)

Android Q tizimining dasturchilarga mo‘ljallangan hujjatlarida qurilmani boshqarishga bag‘ishlangan «MotionEvent» bo‘limi mavjud. Shu yerda «chuqur teginish» degan yangi atama paydo bo‘lgan...

iPad mini 5 mustahkamligini ayovsiz sinab ko‘rgan texnobloger hayratga tushdi! («jonli» video)

Mutaxassislar iPad mini 5 ichini ochib ko‘rib, ta’mirga yaroqsiz ekanini aniqlashgan, ammo foydalanuvchi uchun eng muhimi – bu gadjet hadeganda ta’mirga muhtoj bo‘lavermas ekan.

Android Q ikkinchi beta-versiyada taqdim etildi – yangi imkoniyatlar bilan tanishing! (+video)

Android Q beta-talqinini sinab ko‘rish uchun tegishli havola orqali Android beta-test dasturiga qo‘shilish kerak. Bunda yangilanish Wi-Fi orqali yuklab olinadi hamda fayl va ilovalar saqlangan holda o‘rnatiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш