Ekranosti selfi-kamerali ilk smartfonni to‘rtta rangda rasman ko‘rsatishdi!

Android 10 operatsion tizimli Axon 20 5G akkumulyatorining tok sig‘imi 4120 mA/soatga teng. Kompaniya uni 6/8/12 gigabaytlik tezkor va 64/128 gigabaytlik doimiy xotirali variantlarda taqdim qiladi.

Xiaomi «damini olsin» – LG metro vagonlariga oyna o‘rniga shaffof OLED-ekranlar o‘rnatdi!

Displeylarda poyezd ayni damda qayerda ekanligi, ob-havo prognozi, yangiliklar va boshqa ma’lumotlar aks etib boradi. LG buni u o‘z vatanida emas, balki raqobatchi – Xiaomi yurtida qilayotgani ham e’tiborli.

Internet tezligi bo‘yicha jahon rekordi yangilandi – soniyasiga 178 terabit!

Bungacha AQSh Energetika fanlari tarmog‘i tomonidan sinov doirasida ishlab chiqilgan internet ulanishi esa «atigi» 400 gigabit/soniyaga teng edi.

Xiaomi flagmanlarida yashirin bir funksiya bor...

Ushbu texnologiyani hozir ilg‘or televizorlardan tashqari, ayrim smartfonlar – Black Shark 3, Oppo Find X2 va OnePlus 8 flagmanlari, shuningdek, ularning Pro-versiyalari ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Yashirin old kamerali ZTE Axon 20 5G smartfonining ilk rasmiy surat va videosi!

ZTE Axon 20 5G modelining birinchi rasmiy reklama roligida displeyning yuqori qismi o‘rtasida ham, burchagida ham, korpusdan chiquvchi mexanizmda ham selfi-kamera bo‘lmasligi o‘ziga xos tarzda ko‘rsatilgan.

VIDEO: Yer uzra uchayotgan NUJlarni kosmonavt tasvirga tushirib oldi!

Fazogir bu paytda aslida go‘zal tabiiy hodisa – shimol yog‘dusini suratga olayotgan bo‘lgan. «Ammo videoda siz shunchaki porlashning o‘zi emas, balki boshqacha narsani ko‘rasiz...» – deb yozgan Vagner.

Huawei ikkinchi avlod – Eyewear II smart-ko‘zoynagini taqdim etdi

Eyewear II bandidagi 3D Touch sensor panel yordamida qo‘ng‘iroqlar va musiqani boshqarish, ovozli yordamchini chaqirish mumkin. Gadjet USB Type-C porti orqali, shuningdek simsiz usulda ham quvvatlana oladi.

Xiaomi dunyodagi ilk shaffof televizorning asosiy sirini oshkor etdi

Xiaomi’ning ta’kidlashicha, suyuq kristalli displeylarni ham, OLED-ekranlarni ham shaffof qilsa bo‘ladi. Kompaniya aynan ikkinchi variantni tanlagan, chunki OLED-displeyda yoritish kerak bo‘lmaydi.

«Kalashnikov» smartfonga bog‘lanuvchi aqlli miltiq namoyish etdi (+videolar)

Ushbu smart-qurol kollimatorli mo‘ljal va displeyga ega bo‘lib, displeyidagi menyuda «kamera», «media», «otishma», «vaqt», «sozlamalar» va «kompas» bandlari ko‘zga tashlanadi.

Louis Vuitton rahbaridan o‘zib ketgan Ilon Mask dunyoning to‘rtinchi eng boy insoniga aylandi

Dushanba kuni Tesla aksiyalari 11% ga qimmatladi, Maskning boyligi esa $7,8 mlrdga ko‘paydi. Hozirgi paytda Bloomberg tadbirkorning boyligini $84,8 mlrd. deb baholamoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш