Mark Tsukerberg Ilon Maskdan ham o'tib tushdi!

Mark Tsukerberg Ilon Maskdan ham o'tib tushdi!

Meta rasman o'zining 11 mingdan ortiq ishchilarini yoxud kompaniya xodimlarining 13 foizini ishdan bo'shatayotganligini e'lon qildi. Kompaniya rahbari Mark Tsukerberg bunda o'zining aybdor ekanligini aytdi va bu uchun mas'uliyatni o'z bo'yniga oldi:

"Kovidning boshlanishida dunyo tezlik bilan onlaynga o'tdi va elektron tijoratning o'sishi daromadning ham katta o'sishiga olib keldi. Ko'pchilik bu pandemiya tugaganidan keyin ham davom etadigan doimiy o'sish bo'lishini bashorat qildi. Men ham shunday deb o'yladim va shuning uchun investitsiyalarimizni sezilarli darajada oshirishga qaror qildim. Afsuski, bu men kutgandek bo'lmadi. Onlayn tijorat nafaqat oldingi tendentsiyalariga qaytdi, balki makroiqtisodiy pasayish, raqobatning kuchayishi va reklama signallarining yo'qolishi bizning daromadimizni men kutganimdan ancha past bo'lishiga olib keldi. Men xato qildim va buning uchun javobgarlikni o'z zimmamga olaman." deydi Tsukerberg.

Shuningdek, Tsukerberg kompaniya bundan buyog'iga yanada "yaxshiroq va samaraliroq" bo'lishini va ko'proq resurslarni reklama, sun'iy intellekt va metaolamga yo'naltirishini ma'lum qildi.

Aytish kerakki, Meta bu oyda keng ko'lamli ishdan olish haqida xabar bergan yagona texnogigant kompaniya emas. Bir necha kun avval Twitter ham Ilon Mask boshchiligida 3500 atrofidagi xodimlarini ishdan olgan edi.

O'QING: Mashhur messenjerda 55 milliondan ortiq akkauntlar ban qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!