Acer Aspire E15 – metall hoshiyali klassik noutbuk
Acer Aspire E15 noutbuki klassik dizayn va oddiy ko‘rinishga ega. Kompyuterning samaradorligi o‘rtacha, yaxshi. Narxi esa bir oz qimmat. Keling, batafsilroq tanishamiz.
Tashqi ko‘rinishi
Noutbuk jiddiy dizaynga ega. Korpus plastikdan va ishlab chiqaruvchilar ayrim joylariga metalldan hoshiyalar berishga harakat qilishgan. Bu o‘z navbatida ishlab chiqarishda iqtisod qilish imkonini bergan. Acer Aspire E15 noutbukining monitori metall hoshiya bilan mustahkamlangan. Bu, albatta, to‘g‘ri yondoshuv.
Acer Aspire E15 noutbuki mukammal klaviaturaga ega. Klaviaturaning tepa qismida “maxsus” vazifalarni bajaruvchi bir qator tugmachalar ham bor. Klaviatura qulay, beshovqin, tugmachalar xuddi Acer`ning qimmatbaho modellaridagi bilan bir xil. Acer Aspire E15 ning narxi Rossiyada 25-26 ming rubl atrofida. Bu – birlamchi jamlanma uchun. Kuchli va ishlab chiqarish quvvati yuqori variantlarining narxi esa 40 mingdan ortiqroqni tashkil etadi, ammo ular dizayni jihatidan bir-biridan farq qilmaydi. O‘zbekistonda esa 2,3 mln. so‘mga olsa bo‘ladi.
Enter tugmachasi juda ingichka, shu bois anchayin noqulay. To‘g‘rirog‘i, u qalinligi jihatidan boshqa tugmachalar bilan bir xil. Ammo 2000 yillar boshidagi klaviaturalarning katta klavishlariga o‘rganib qolganlarga ma’qul bo‘lmasligi mumkin. Eng katta kamchilik esa – qopqoqning ochilish burchagidir. Ekranni taxminan 160 darajagacha ochish mumkin. 180 darajaga atigi 20 daraja yetmayotgani sizni hayron qoldirmasin. Aslida 20 daraja – bu uchdan bir qismga teng. Ba’zida burchak yetarli bo‘lmaydi, shunda uni yanada kattaroq ochging keladi. Shu o‘rinda yana bir muammo ko‘zga tashlanadi. Halqalar shu qadar harakatchanki, to‘liq yopilishiga taxminan 10 santimetrlar qolganda qopqoq qarsillab yopiladi. Ba’zida noutbuk ishlab turgan holatda ekranni yopib qo‘yging keladi, ammo buning iloji yo‘q. Chunki ekran yopilgach, kompyuter ham “uyqu” holatiga o‘tib qoladi. To‘g‘ri, “uyqu” holatini sozlash mumkin, ammo aynan qopqoqning turmasligi sizga ma’qul kelmasligi mumkin.
Ekran o‘lchami – 15,6 dyuym, 1368 ga 768 piksel imkoniyatiga ega. Matritsa o‘rtacha, ranglari ham o‘rtamiyona. Ammo kartochkasi juda kuchli. Darvoqe, noutbukka disk yozish mumkin bo‘lgan DVD ham o‘rnatilgan. Bu esa menga qo‘p kerak bo‘ladi. Xatto, USB-portlardan ham ko‘proq kerakli. USB-portlar esa usta bo‘lib, ulardan biri 3.0 standartida, ya’ni yuqori tezlikda ishlaydi.
Ish unumdorligi
Har ehtimolga qarshi yana bir karra aniqlik kiritib o‘tish kerakki, Acer Aspire E15 ning ilk modeli, ya’ni E5-571G-38VF bor. Acer Aspire E15 haqida fikr bildirib, uning noutbuk emas, balki quvvati juda kuchli ekanini yozayotganlar esa keyingi kuchliroq modellar haqida so‘z yuritishmoqda. Mazkur noutbuk esa unday emas, lekin ofisdagi ishlarga yaraydi. Xatto u qadar murakkab bo‘lmagan o‘yinlar uchun ham foydalanish mumkin.
Yangiligida noutbuk 64 bit versiyadagi WIN 8 da ishlagan. Acer Aspire E15 ning operativ tizimi qayta o‘rnatilmaganini ham yoki oddiygina Linukslisini ham topish mumkin. Shu yo‘l bilan siz yaxshigina mablag‘ingizni tejab qolishingiz mumkin.
Takt chastotasi 1900 MGs bo‘lgan CORE i3 4030U noutbukning yuragi hisoblanadi. NVIDIA GEFORCE 820M esa grafika uchun javobgar. Operativ xotira juda katta – 4 Gigabayt. Bunaqa protsessorga shuncha xotira nima uchun kerakligini tushunish mushkul.
Akkumulyator
Sig‘imi 2500 mAs bo‘lgan 6 yacheykali batareya o‘rnatilgan. 4 soat ishlashga bemalol yetadi. Ammo Acer o‘zining ayrim telefonlarini, masalan Acer Liquid E700 ni ushbu noutbukdagidan ko‘ra, sig‘imi kattaroq batareyalar bilan jihozlashini bilganlar uchun bu ham ba’zida hayron qoldiradi. Tejamkorlik rejimida vayfay ishlab tursa, to‘rt soatga yetadi. Agar kino ko‘rilsa, yoki o‘yin o‘ynalsa, ko‘pi bilan 1,5 soatga yetadi xolos.
Acer Aspire E15 haqida yakuniy xulosa
Yuqorida qayd etganimdek, bu juda oddiy model. Eng yangisi ham, eng unumdori ham, eng chiroylisi ham emas. Ammo ishonchli. Yana bir o‘ziga xos salbiy jihati ham mavjud: Noutbukning vazni akkumlyatori bilan, lekin quvvatlovchi moslamasiz 2,5 kilogrammga teng. Quvvatlovchi moslama ham yana yarim kilo qo‘shadi.
ACER ASPIRE CORE 3
Ishlab chiqaruvchi: Acer
Model: Acer ASPIRE E15 Core i3
Narhi: 2 259 200 SUM
Sotib olish
Belgilar: Acer, ASPIRE, E5-571G, Core, i3,
TUR
Turi: noutbuk
Operatsion tizim: DOS
PROTsESSOR
Protsessor: Core i3 1900 MGs
Protsessor yadrosi: Haswell
Protsessor yadrosi soni: 2
Kesh hajmi: L2 512 Kb
Kesh hajmi: L3 3 Mb
XOTIRA
Tezkor xotirasi 4 Gb DDR3L 1600 MGs
Maksimal o‘lchami 16 Gb
TASVIR
Ekran: 15.6 dyuym, 1366×768, kengformatli
Ekran turi jilosiz
Ekran yorug‘ligi svetodiodli
Ma’lumotlar saqlash qurilmasi
Optik uzatma: DVD-RW, ichki
To‘plagich hajmi (HDD) 500 Gb
Qattiq diskning aylanish tezligi 5400 ob/daq
ALOQA
LAN/Modem tarmoq kartasi 1000 Mbit/c
Simsiz aloqa Wi-Fi IEEE 802.11n, Bluetooth 4.0
Interfeyslari USB 2.0×2, USB 3.0, VGA (D-Sub), HDMI, kirish mikr./chiqish. quloqchinlarda Combo, LAN (RJ-45)
HAJMNI KENGAYTIRISh
Flesh-kart o‘qish uchun qurilma bor
Xotira kartasini qo‘llay olishi SD
QUVVAT
Akkumulyatorning ishlash vaqti 4.5 s
Akkumulyator hajmi
4700 mAs
Akkumulyator turi Li-Ion
IShGA TUShIRISh QURILMASI Touchpad
OVOZ
O‘rnatma kolonkalar bor
O‘rnatma mikrofon bor
QO‘ShIMChALAR
Veb-kamera bor, 1.3 mln. piks.
O‘ziga xosligi
Razmerlari (DxShxT) 381.6x256x30.3 mm
Og‘irlik 2.5 kg