Xiaomi Redmi 5 Plus vaqtincha eng arzon narxda sotilmoqda

Xiaomi Redmi 5 Plus vaqtincha eng arzon narxda sotilmoqda

2017 yilda boshlangan 18:9 standartdagi "to‘liq o‘lchamli smartfonlar erasi" taraqqiy etmoqda. Bunday displeyga ega arzon smartfonlar soni ham oshib bormoqda. Xitoyning Xiaomi brendi ham o‘tgan yilning dekabridan boshlab xuddi shunday ekranga ega "Redmi 5 Plus" modelini sotuvga chiqargan edi.

Yangi model jamoatchilik tomonidan juda yaxshi kutib olindi. Qisqa vaqtda eng yaxshi sotilayotgan smartfonlar ro‘yxatidan o‘rin olgan bu telefon ayni paytda tanqis hisoblanadi.

Redmi 5 Plus shu kunlarda kamyob va bozorlardan topish qiyin. AliExpress savdo platformasi doirasida smartfon yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi Goldway onlayn do‘koni ayni paytda Xiaomi Redmi 5 Plus modelini vaqtinchalik eng arzon narxda yetkazib bermoqda.

Jumladan, ushbu modelni O‘zbekistonga yetkazib berish bahosi talqinidan kelib chiqib, $156.99 dollardan 198.89 dollargacha bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Xiaomi Redmi 5 va Redmi 5 Plus smartfonlarini qulay narxlarda oling!

«Terabayt.uz» sayti sizga ushbu qurilmalarni qulay narxlarda xarid qilish imkonini taklif etadi:

  1. Redmi 5 black 3/32 GB xotirali – 1 580 000 so‘m
  2. Redmi 5 Plus black 4/64 GB xotirali – 2 100 000 so‘m
  3. Redmi 5 Plus black 3/32 GB xotirali – 1 850 000 so‘m

Qolaversa, biz sizga mazkur gadjetni biz orqali xarid qilishni ham tavsiya qilamiz.

Xiaomi Redmi 5 Plus'ning jihatlari:

Korpus materiali: metall, shisha;
Operatsion tizim: Android Nougat, MIUI 9;
Aloqa tarmoqlari: 2 ta sim-kartali, GSM (1/3/5/8), CDMA (BCO), WCDMA (1/2/5/8), TD-SCDMA (34/39), TDD-LTE (34/38/39/40/41), FDD-LTE (1/3/5/7/8);
Displey: IPS 5,99'', sig‘imi 2160x1080 piksel (FullHD+), tomonlar nisbati 18:9, ekran yorug‘ligi miqdori 450nit, kontrast 1000:1, 84% NTSC;
Protsessor: 14 nm, Snapdragon 625, 8 yadroli (Cortex-A53 2,0 GGs);
Grafik chip: Adreno 506;
Operativ xotira: 3/4 Gb;
Doimiy xotira: 32/64 Gb, microSD mavjud;
Interfeys: Wi-Fi 802.11 b/g/n 2.4 GGs, Bluetooth 4.2, microUSB porti, 3.5 mm.li garnitur;
Bosh kamera: 12 Mp (f/2.2), 5 linzali, piksel hajmi 1,25 mkm va PDAF texnologiyasi;
Old kamera: 5 Mp, fotochaqnoq;
Navigatsiya: GPS, GLONASS, BeiDou;
Qo‘shimcha: barmoq izlari skaneri;
Batareya: litiy-polimer (Li-Pol), tok sig‘imi 4000 mA soat;
O‘lchamlari: 158,5 mm x 75,45 mm x 8,05 mm;
Vazni: 180 gramm.

Xitoyning o‘zida Xiaomi Redmi 5'ning eng arzoni (2/16 Gb) uchun 120, 3/32 Gb talqini uchun esa 135 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan. Xiaomi Redmi 5 Plus'ning standart (3/32 Gb) talqini 150 hamda 4/64 Gb versiyasi 196 dollardan sotuvga chiqarilgan edi.