AnTuTu «qiroli» o‘yinbop Redmi flagmanining ikkita rekordini ham sindirdi!

Nubia Red Magic 6R smartfoni 6,67 dyuymlik, 2400x1080 piksellik ekran bilan jihozlangan. Uning kvadrokamerasida asosiy sensor 64 megapiksellik aniqlikdadir.

Xitoycha talqindagi Redmi Note 10 Pro chiqdi: global va hindcha versiyalaridan o‘zgacha!

Mahalliy Redmi Note 10 Pro na global bozorga va na Hindistonga mo‘ljallab shu nomda chiqarilgan smartfonga o‘xshamaydi. Uning tashqi qiyofasi ko‘proq Xiaomi Mi 10 Ultra va Mi 10S flagmanlarini eslatadi.

Samsung taqdim etib ulgurmagan eng arzon 5G-smartfon allaqachon narxi bilan do‘konga chiqdi

Hozircha esa Yevropa bozoriga Samsung taqdim etgan eng arzon 5G-smartfon Galaxy A32 5G modeli bo‘ladi. Kompaniya uni dastlab 279 yevroga baholagan bo‘lsa, hozir narxini 238 yevrogacha tushirgan.

Yangilangan bestseller – Redmi Note 8 2021 sotuvga chiqdi: narxlari va farqlari

Yangicha «yurak» bilan «qayta tug‘ilgan» bu smartfonini Xiaomi qadog‘idanoq eng so‘nggi – Android 11 operatsion tizimi bazasidagi MIUI 12.5 grafik qobig‘i bilan chiqargan.

Samsung’ning yana bir 6000 mAs akkumulyatorli hamyonbop smartfonini Geekbench fosh etdi

Benchmarkka ko‘ra, bu smartfon MediaTek Helio G80 protsessori, 4 GBlik tezkor xotira hamda Android 11 operatsion tizimiga ega. Insayderlar esa uning boshqa xususiyatlari va hatto narxini ham aytishgan.

Redmi’ning hamyonbop smartfoni iPhone, Galaxy S21 va hatto S21 Plus’lardan ham zo‘r chiqdi!

Bir necha haftadikrki eng ommabop smartfonlar reytingidan tushmayotgan bu gadjet DxOMark eng zo‘r kamerofonlar reytingida 72-o‘rinda, ammo 200–399 dollarlik modellar orasida uchinchi pog‘onadan joy egallagan.

Samsung yana Apple’ni kalaka qildi: iPhone 12 Pro Max kamerasiga zarba! (ikkita video)

Yaqinda Microsoft yangi – Surface Laptop 4 noutbukining reklama videosida Apple’ni masxara qilgan edi. Endi esa kupertinolik korporatsiyaning asosiy raqibi uning ustidan kulib ikkita videorolik chiqardi.

«iQOO 7, taxtni bo‘shat!» – AnTuTu’da yangi rekordchi paydo bo‘ldi

Red Magic 6R smartfoni eng kuchli chipsetlardan biri – Snapdragon 888 bazasida tayyorlangan va LPDDR5 toifali tezkor xotira, UFS 3.1 standartidagi doimiy xotira chiplari bilan jihozlangan.

Milliard martadan ko‘p o‘rnatib olingan navbatdagi Samsung ilovasi

Shu paytgacha janubiy koreyalik gigantning Samsung Internet, Samsung Email, Samsung Voice Recorder va boshqa ayrim dasturiy ta’minot mahsulotlari milliard martadan ziyod ko‘chirib olingan edi.

Geekebench tasdiqladi: Samsung hatto «arzon» flagmaniga ham Snapdragon 888 chipsetini o‘rnatyapti!

Geekbench servisida SM-G990B katalog raqami ostidagi Galaxy S21 FE smartfoni tekshirib ko‘rilgan. Benchmark ma’lumotlar bazasida qolgan qaydlar uning muhim jihatlarini fosh etdi...

24–25 may kunlari Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlari va boshqa devayslarini 40% gacha chegirma bilan olish mumkin!

Bunda eng katta arzonlashuv yap-yangi Redmi Note 10 smartfoni xaridida amal qiladi – barcha chegirmalar va kuponlardan foydalangan holda, uni naq 40 foizga arzon olsa bo‘ladi.

Eng ko‘p sotilgan va eng ko‘p daromad keltirgan smartfonlar: ikkala reytingda ham ilk to‘rtta o‘rin bitta kompaniyaniki!

Tasavvur qiling: uchtagina modelning o‘zi jahon smartfon bozoridagi pulning 32 foizi bitta kompaniya cho‘ntagiga tushishini ta’minlagan!

Samsung hamyonbop, 120Hz ekranli va 64MP kamerali 5G-smartfon taqdim etdi

Smartfonda zamonaviy USB-C porti bilan birga an’anaviy quloqchin tirqishi, yon qirrasida daktiloskopi mavjud. 4500 mA/soatlik akkumulyatorini 25 vattlik texnologiya asosida tezkor zaryadlash mumkin.

Redmi Note 10 Ultra ham tayyor: namoyish kuni, narx va xususiyatlari

Xiaomi uni MediaTek Dimensity 1100 platformasi bazasida tayyorlab, diagonaliga 6,53 dyuymlik AMOLED-ekran bilan ta’minlagan.

Quvvati ikki kunga yetuvchi POCO M3 Pro 5G chiqdi: brendning birorta Xiaomi yoki Redmi smartfoniga o‘xshamagan ilk modeli!

AnTuTu benchmarkida bu smartfon 329 072 ballik natija ko‘rsatgan. Ishlab chiqaruvchi uning muhim jihatlaridan biri sifatida 1 terabaytgacha hajmli microSD-karta qo‘yish imkonini aytib o‘tgan.

Yangicha Galaxy S21 5G chiqdi, lekin Samsung bu gal ancha ehtiyotkor!

Samsung bulturgi Galaxy S20+ 5G Olympic Edition talqinining orqa paneliga Tokyo 2020 logotipini tushirgan edi. Biroq pandemiya tufayli olimpiya o‘yinlari tadbiri o‘tkazilmay qoldi, shunga bu gal…

12 ta mamlakatda smartfon bozorini Xiaomi zabt etdi

Xiaomi allaqachon Yevropa smartfon bozorida ikkinchi o‘ringa chiqib olgan. Sharqiy Yevropada u ketma-ket ikkita kvartalda yetakchilik qilmoqda. Ispaniya smartfon bozorida esa beshta chorakdan beri yetakchi.

Namoyishidan avval POCO M3 Pro 5G videosi va global narxlari chiqdi

Sudhanshu Ambhore allaqachon Yevropa bozoriga mo‘ljallangan POCO M3 Pro 5G narxlarini ham e’lon qildi. Bu smartfon 20 maydan savdoga chiqadi va 26 maygacha maxsus – arzonlashtirilgan narxlarda sotiladi.

Google I/O 2021: ilk Android 12 beta-versiyasi 26 modeldagi smartfonga taqdim etildi! (+ro‘yxat)

Qidiruv giganti Google I/O 2021 tadbirining birinchi kunida Android 12 Beta 1 versiyasini namoyish etdi va uni o‘rnatib sinab ko‘rish mumkin bo‘lgan smartfonlar ro‘yxatini ham e’lon qildi.

Realme Narzo 30 taqdim etildi: xususiyatlari, narxi va videosi

Realme Narzo 30 modelini 6.5 dyuymlik IPS-ekran bilan jihozlashgan. Uning tasvir uzatishi FHD+ formatida, kadr yangilanishi 90 gerslik bo‘lib, korpus old yuzasining 90.5% qismini displey band etgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш