Yirik partiyada qalbaki Xiaomi smartfonlarini sotayotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi!

Do‘kon omborida tintuv o‘tkazilganida, turli rusumlardagi qalbaki Xiaomi telefonlarining sayt orqali sotuvga chiqarishga tayyorlab qo‘yilgan ulkan partiyasi aniqlangan.

Ushbu smartfonlar 2021 yildan saytlarga kira olmay qoladi!

Mazkur muammoning ikkita yechimi bor va ulardan eng soddasi – smartfonni yangisiga, zamonaviyrog‘iga almashtirishdir. Buni cho‘ntagi ko‘tarmaydiganlar uchun ikkinchi chora ham mavjud...

Qalbaki microSD kartani qanday aniqlash mumkin?

Internetdagi qalloblar o‘ljasiga aylanib qolmasligingiz uchun maslahatlarimizni berib o‘tamiz.

Smartfon nega qizib ketadi? Mutaxassis telefonni saqlab qolish chorasini aytdi

«Roskachestvo» raqamli mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha katta mutaxassisi Sergey Kuzmenkoga ko‘ra, protsessor, batareya yoki displeydagi muammolar — telefon qizib ketishining bosh sababchilaridir.

Ekspertlar: «Ushbu 21 ta ommabop o‘yinni smartfondan tezda o‘chirib qutuling!»

Axborot xavfsizligi sohasidagi taniqli Avast kompaniyasi bir nechta mobil o‘yinning yashirin xavfini aniqladi. Agar smartfoningizda shulardan birortasi bo‘lsa ham, uni tezroq o‘chirib qutulganingiz ma’qul.

Oyiga 5 000 – 7 000 dollar daromad topayotgan 23 yoshli dasturchi Sardor Islomov bilan suhbat

Yosh dasturchilarga tavsiya: vaqtni to‘g‘ri taqsimlang. Masalan, 2 yil davomida kuniga 14 soatdan o‘z ustingizda ishlasangiz, shu vaqt mobaynida 7 soat o‘z ustida ishlagan odamdan siz 2 yil oldinda bo‘lasiz.

Google rahbari hayotiy muvaffaqiyatga eltuvchi ikkita tamoyilni aytdi

Hindistondagi kambag‘al bir oilada tug‘ilgan Sundar Pichai hozir dunyodagi eng yirik va ilg‘or texnologik kompaniyalardan bo‘lgan Google ijrochi direktori lavozimida ishlamoqda. Bunga u qanday erishgan?

Shifokorlar koronavirusning smartfon va pulda necha kun saqlanib turishigacha aniq aytishdi

Mazkur muddat nisbiy bo‘lib, bir qator tashqi omillarga bog‘liq. Lekin asosiysi – 17 kunda o‘lib ketadigan oddiy grippga nisbatan koronavirusning ancha joni qattiq.

Shifokor ogohlantiradi: ofis yoki uyda virus yuqtirish xavfi eng yuqori bo‘lgan buyum...

Uning yuzasida hamda tashqi detallari orasida kasallikka olib keluvchi bakteriyalar, viruslar va mikroblar to‘planib yotadi, shu jumladan koronavirus yo‘qligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Ekspert maslahati: ishlayotgan noutbukni qayerga qo‘yish xavfli?

Bugungi kunda masofadan ishlash tufayli noutbuklardan foydalanish juda ommalashgan, lekin ularni to‘g‘ri ishlatishni hamma ham bilavermaydi. Ayniqsa, uy sharoitida...

Amerikalik olimlar selfi o‘zaro munosabatlar uchun xavfli ekanini isbotladi

Olimlar 18 dan 62 yoshgacha bo‘lgan Instagram foydalanuvchisi o‘rtasida kuzatuv ishlarini olib borishdi. Unga ko‘ra, sahifalarida juda ko‘p selfi qilgan juftliklar o‘z hayotida qiyinchilikka duch kelgan.

36 yoshga to‘lgan Pavel Durov sog‘lom bo‘lish va yosh ko‘rinish sirlarini ochdi

Telegram qanchalik ommabop bo‘lsa, uning asoschisi Pavel Durov ham shunchalik mashhur. 2020 yil 10 oktyabrda u 36 yoshga to‘ldi; shu munosabat bilan sog‘lom va yosh ko‘rinish borasidagi maslahatlarini e’lon qildi.

O‘zkomnazorat: «Telegram’da tarqatilayotgan fayl ichidagi viruslardan ogoh bo‘ling!»

SCR fayl ochilganida, odatda, antivirus dasturlarini ko‘p hollarda bloklab qo‘yadigan buyruqlar ishga tushadi.

Online-maktab darslari uzatiladigan telekanallar va ijtimoiy tarmoqlar

Televizion darslar 14 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 3 ta telekanalida dushanbadan shanbagacha har kuni soat 8:30 dan boshlab Online-maktab turkumida namoyish etib boriladi.

Yangi «matnli bomba» Android hamda iOS’dagi messenjerlarni «o‘ldirmoqda»!

Xavfli xabar shunchaki g‘alati simvollarning bema’ni jamlanmasiga o‘xshaydi. Lekin uni sizga yuborishsa tamom – messenjer o‘chib qoladi. Bunda ilovani «hayotga qaytarish»ning ikkita usuli bor...

Virus blokatorlari foydasizmi?

Ishlab chiquvchilarning tasdiqlashicha, blokatordagi xlor dioksidi kishilar atrofidagi havoni zararsizlantirib, bakteriya, virus va zamburug‘lardan tozalaydi. Ammo...

Imtihonlar o‘tadigan joylarning manzillari yangilangan ImtihonGo ilovasini yuklab oling!

ImtihonGo ilovasi yordamida abituriyentlar imtihon bo‘ladigan stadion yoki xiyobon manzilini tez va oson topa olishdan tashqari, DTMning rasmiy veb-saytlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniga ega bo‘ladilar.

Windows 10'ni tezlashtirish uchun 10 maslahat

Windows'ni tezlashtirish  uchun ortiqcha "bezaklar" va ikkinchi darajali funksiyalarni o‘chirib qo‘yishga to‘g‘ri keladi.

Dori vositalarini onlayn buyurtma qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Mazkur yo‘nalishdagi muhim savollarga Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Muhabbat Ibragimova javob bergan.

O‘g‘irlangan Samsung smartfonlarini endi internetga ulanmagan bo‘lsa ham topa olasiz!

Bundan tashqari, agar oxirgi marta ushbu smartfonga ulangan bo‘lsa, aqlli soat va quloqchinlarni ham topish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш