Faqat 22–27 iyul kunlari Realme smartfonlarini 27% arzon olish mumkin

Realme gadjetlari xaridida butun mamlakat hududi bo‘ylab bepul yetkazib berish xizmati amal qiladi. Barcha tovarlar sertifikatlangan bo‘lib, ularga rasmiy kafolat joriy etilgan.

Samsung eng arzon smartfonini chiqardi: Galaxy A01 Core narx va jihatlari bilan tanishing!

Smartfon ikkita nano-SIM kartochka uyachasiga ega bo‘lib, 2G, 3G hamda 4G LTE uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. 8 MPlik bosh kamerasi soniyasiga 30 kadr chastotali Full HD video olishga qodir.

Bor-yo‘g‘i 107 dollarga ulkan ekran va 6000 mA/soatlik akkumulyatorli smartfon chiqdi

Uning displeyi katta va akkumulyatori sig‘imdor bo‘lishidan tashqari, narxi ham past – atigi 107 dollar! Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, bu model o‘z narx toifasida eng sig‘imdor batareyali smartfondir.

Xiaomi smartfonlari va boshqa devayslarini 26 iyulgacha yanada arzon olsa bo‘ladi

Smartfonlardan tashqari, yana Xiaomi ekotizimining turli vakillari – aqlli televizor, changyutgich, aqlli bilaguzuk va simsiz quloqchin kabi turli gadjetlar uchun ham chegirmalar amal qiladi.

Mobil operator naq 50% dan 70% gacha «QAYNOQ ChEGIRMALAR»ni taklif etyapti!

«QAYNOQ ChEGIRMALAR» maxsus aksiyasi 2020 yilning 20 iyulidan 20 sentyabriga qadar davom etadi.

Samsung rasman e’lon qildi: Galaxy M31s shu oydayoq taqdim etiladi!

Galaxy M31s smartfoni 25 vattlik tezkor quvvatlanishdan tashqari, reversiv zaryadlash funksiyasiga ham ega, ya’ni boshqa qurilmalarni quvvtlash uchun uning o‘zini poverbank sifatida qo‘llash mumkin.

Apple hayratda: Redmi uning gadjetiga atigi 11 dollarlik raqib taqdim etdi!

To‘g‘ri, Apple mahsulotiga o‘xshatib nomlangan bo‘lsa-da, Redmi devaysi sifatiga ko‘ra u bilan raqobatlasha olmaydi. Ammo narxiga va brendning ishonch qozonib ulgurganiga ko‘ra, bu gadjet ham xit bo‘lishi aniq.

Daktiloskopli Super AMOLED ekran, 6000 mA/soatlik batareya va 64 MP kvadrokamerali Galaxy M31s surati, chiqish sanasi va narxi!

Samsung uni o‘zining Exynos 9611 platformasi hamda 6/64 gigabaytlik tezkor/doimiy xotira, Android 10 operatsion tizimi ustiga qurilgan OneUI 2.1 interfeysi bilan ta’minlaydi. Narxi esa...

Samsung va LG o‘z yurtida Xiaomi’ning dadil hamlasiga uchradi!

Janubiy Koreya smartfon bozorini egallash oson kechmasligini «Xitoycha Apple» yaxshi biladi. Shu boisdaan, Xiaomi bu yerda mahalliy gigantlarni narx-sifat mutanosibligi bilan yengishni ko‘zlagan.

O‘ta arzon Galaxy M01s chiqdi: afsuski, Samsung ham Xiaomi’ga ergashibdi!

Xuddi Xiaomi kompaniyasi Redmi brendiga mansub telefonlarini keyin Poco brendi ostida, boshqa nom bilan chiqargani kabi, janubiy koreyaliklar ham shu yo‘lni tutishgan.

Iqoo энг арзон смартфонини намойиш этди

Iqoo U1 учун Snapdragon 720G процессори танланган. Самарадорликни таъминлашда унга 4 дан 8 гигабайтгача ҳажмли, LPPDR4x туридаги тезкор хотира елкадошлик қилади.

Redmi eng arzon uchta smartfonini global bozorga taqdim etdi

15 iyul kungi yirik onlayn namoyishida Xiaomi oldin Osiyo mamlakatlarida taqdim etilgan ayrim mahsulotlarning Yevropa (umuman dunyo) bozoriga taqdim etdi. Lekin narxlari endi avvalgidek emas...

Qaysi smartfonlar ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydi?

Huishoubao kompaniyasi joriy yilning birinchi yarmi holatiga ko‘ra ikkilamchi bozor haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Apple ham atigi 200 dollarlik, tag‘in A13 protsessorli iPhone tayyorlayapti!

Kupertinoliklar bu smartfonda ham Apple A13 chipsetini qo‘llashmoqchi. Agar shunday bo‘lib chiqsa, ushbu arzon ayfon boshqa kompaniyalarning ayrim flagmanlaridan ham tezkor bo‘ladi!

Android 10 Go tizimli «uchko‘z» smartfon atigi 60 dollardan sotila boshladi!

6,49 dyuymlik, HD+ formatli ekranning tomchisimon kemtigiga 5 MPlik old kamera joylangan. 4000 mA/soatlik akkumulyatorning to‘la quvvati smartfonning bir necha kun ishlashiga yetadi.

Jahondagi eng arzon pentakamerali smartfon chiqdi, yana NFC chipiyam bor! (+video)

6,4 dyuymlik, FullHD+ formatli displeyga ega Cubot X30 uchun MediaTek Helio P60 protsessori tanlangan. 32 MPlik selfi-kamerali bu smartfon 6/128 hamda 8/256 gigabaytlik variantlarda taklif etiladi.

Xiaomi dunyodagi eng arzon – smartfon narxidagi elektroskuterni taqdim etdi

Xiaomi‘ning barcha skuterlarini smartfonga ulab, u orqali dvigatelini bloklash, haydash rejimlarini almashtirish mumkin.

Redmi flagmani keskin arzonlashdi – narxidagi farqining o‘ziga yana bitta smartfon olish mumkin!

Uning tezkor/ichki xotirasi 6/64 GBlik varianti avval 349 dollardan sotilgan bo‘lsa, endi 229 dollardan taklif etilyapti. Farqi 120 dollarga teng – bu pulga esa yana bir smartfon olsa bo‘ladi, axir!

Redmi flagmani narxini tushirib, eng arzon smartfonini global bozorga chiqaryapti

Helio G25 protsessoriga tayangan ilk smartfon 2/32 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega. Telefon diagonaliga 6,53 dyuymlik, HD+ formatli IPS-ekran hamda 5000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlangan.

Redmi K30’larning navbatdagi yutug‘i sharafiga narxi 200 dollardan pasaytirildi

Bestsellerning 6/128 GB xotirali variantini endi atigi 199 dollarga olish mumkin. Uning 8/128 GBligi narxi ham 227 dollargacha tushirilgan. Boshida ular tegishlicha 241 va 270 dollarga baholangan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш