Samsung hamyonbop, 120Hz ekranli va 64MP kamerali 5G-smartfon taqdim etdi

Smartfonda zamonaviy USB-C porti bilan birga an’anaviy quloqchin tirqishi, yon qirrasida daktiloskopi mavjud. 4500 mA/soatlik akkumulyatorini 25 vattlik texnologiya asosida tezkor zaryadlash mumkin.

Redmi Note 10 Ultra ham tayyor: namoyish kuni, narx va xususiyatlari

Xiaomi uni MediaTek Dimensity 1100 platformasi bazasida tayyorlab, diagonaliga 6,53 dyuymlik AMOLED-ekran bilan ta’minlagan.

Avtonomligi 14 kunga boruvchi, GPS chipli va IP68 himoyali Realme Watch 2 Pro chiqdi (video)

Realme Watch 2 Pro smartvotchi katta – 1,78 dyuymlik, tasvir aniqligi 32x285 piksellik ekranga ega. Displeyning maksimal yorqinligi 600 nit, kadr yangilanish chastotasi esa 30 gersga teng.

Quvvati ikki kunga yetuvchi POCO M3 Pro 5G chiqdi: brendning birorta Xiaomi yoki Redmi smartfoniga o‘xshamagan ilk modeli!

AnTuTu benchmarkida bu smartfon 329 072 ballik natija ko‘rsatgan. Ishlab chiqaruvchi uning muhim jihatlaridan biri sifatida 1 terabaytgacha hajmli microSD-karta qo‘yish imkonini aytib o‘tgan.

Namoyishidan avval POCO M3 Pro 5G videosi va global narxlari chiqdi

Sudhanshu Ambhore allaqachon Yevropa bozoriga mo‘ljallangan POCO M3 Pro 5G narxlarini ham e’lon qildi. Bu smartfon 20 maydan savdoga chiqadi va 26 maygacha maxsus – arzonlashtirilgan narxlarda sotiladi.

Global versiyali ommabop Redmi smartfoni 144 dollargacha arzonlashdi!

Rasmiy namoyishidan bir yil o‘tgach, Xiaomi ushbu modelini arzonlashtirib, AliExpress onlayn savdo maydonchasida atigi 144 dollardan sota boshlashdi.

Bojxonada jami $7 millionlik – salkam 40 ming juft qalbaki AirPods musodara etildi!

Agarda haqiqiy AirPods qulochinining bir jufti 200 dollar turishini hisobga olsak, kontrabandachilar ushbu bir partiya tovardan taxminan 7 million AQSh dollari miqdorida noqonuniy foyda olishlari mumkin edi.

5 maygacha Xiaomi eng qimmat smartfonidan naq 60 tasini teppa-tekinga tarqatyapti!

Narxi 1540 dollarlik smartfonning jami 60 donasi (kuniga 12 tadan) mutlaqo bepul ulashiladi. Ya’ni, kompaniya ushbu aksiya doirasida taxminan 100 000 dollarlik saxovat ko‘rsatmoqda.

2020 yilgi ikki xil Apple Watch ham 100 dollargacha arzonlashib sotuvga chiqdi

Apple Watch Series 6 smart-soati hamda arzonlashtirilgan smartvoch – Apple Watch SE modeli 2020 yil 15 sentyabrdagi onlayn marosimda namoyish qilingan edi.

Harbiy himoya va NFC modulli «o‘lmas» smartfon atigi 170 dollardan sotuvga chiqdi (video)

Korpusi IP69K darajasida va AQShning MIL-STD-810G harbiy standartiga ko‘ra himoyalangan smartfon suv, chang va zarbaga chidamli. U na qattiq yerga tushib ketishdan, na suv, na muz va na loydan qo‘rqmaydi.

Sinmas va bukilmas yagona o‘yin smartfoni global bozorda: videosi va narxlari

Avvaldan buyurtma qilgan dastlabki 100 nafar xaridorga Black Shark 4 FunCase g‘ilofi hamda Black Shark FunCooler kuleri sovg‘a sifatida qo‘shib beriladi.

Galaxy S21 flagmanlari tannarxi hatto Galaxy S20’larnikidan ham past ekan: nimalarda tejashgan?

Umuman olganda, janubiy koreyalik texnogigantning yangi avlod flagmanlari tannarxi 400 – 600 dollarga to‘g‘ri kelmoqda.

AirTag uchun g‘ilof chiqdi – aksessuarning aksessuari smartfondan ham qimmat!

Sotuv jamlanmasiga AirTag’ning o‘zi ham kirgan, sumkaga ilib qo‘yiluvchi g‘ilof – Hermès’ning bu turkum mahsulotlari orasida eng arzoni bo‘lib, 299 AQSh dollariga baholangan.

«Eng qudratli Galaxy gadjetlari»ning narxlari ma’lum: 14 dyuymlik noutbuk atigi 350 dollardan!

14 dyuymlik Full HD displey, 4/128 GBlik xotira, Snapdragon 7c protsessori hamda Windows 10 Home tizimi bilan jihozlangan noutbuk o‘rtacha smartfondan ham arzon narxda!

Atigi 400 dollardan boshlanuvchi «ekstremal flagman»lar – Xiaomi Mi 11X hamda Snapdragon 888 chipli Mi 11X Pro chiqdi (+video)

Ular bilan birga Xiaomi Mi 11 Ultra modeli ham Hindistonda taqdim qilindi. Bu yurtda uni faqat 12/256 gigabaytlik variantda, lekin Xitoydagidan ham arzon – 935 dollarga teng narxda sotishadi!

Dunyodagi eng arzon – atigi 153 dollarlik 5G-smartfon namoyish etildi!

Garchi ayni damda jahondagi eng arzon 5G-telefon bo‘lsa-da, Oppo Realme Q3i 5G texnik jihatlari judayam past emas.

Rossiyada eng ommabop planshetlar va noutbuklar («Yandeks.Market» reytingi, 2021 yil boshi)

2020 yilning yanvariga solishtirganda, bu yil boshida o‘rtacha chek qiymati planshetlar savdosida salkam 25 foizga, noutbuklar savdosida esa 31 foizga oshgan.

1 maydan barcha operator va provayderlar uchun internet xizmatlari 30 foizgacha arzonlashmoqda

«O‘zbektelekom» AK tomonidan barcha uchun xizmat narxini arzonlashtirish, har toifadagi abonentlar uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Narxi tezda tushib ketmaydigan sakkizta smartfon (2021 yil, aprel)

Agarda yaxshi smartfon ishlatishni va yangisi chiqqanida yana almashtirib olishni xush ko‘rsangiz, oldingisini yaxshi narxda sota olishingiz uchun mana shu flagmanlarga e’tibor qaratganingiz ma’qul.

Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A22’ni har tomonidan ko‘rsatishdi!

Galaxy A22 modelida 48 + 8 + 2 + 2 megapiksellik sensorlardan iborat kvadrokamera qo‘llanadi. Selfi-kameraning aniqligi esa 13 megapiksellik bo‘lib, u displeyning tomchisimon kemtigiga o‘rnatilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш