Eng ko‘p qaysi smartfonlarning qalbakilari chiqyapti? (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Benchmark jamoasi so‘nggi bir yilda, ya’ni 2020 yilning mart oyidan to 2021 yil fevralining oxirigacha aniqlangan soxta smartfonlar haqida hisobot berdi.

Flagman turkumning arzon vakillari – OPPO Find X3 Neo hamda Find X3 Lite chiqdi

Eng qizig‘i – liniyaning faqat eng arzon Find X3 Lite modelidagina quloqchin tirqishi va eng yuqori – 64 megapiksellik bosh kamera qo‘llangan!

Oppo «damini olsin» – Xiaomi ham mikroskop-kamerali, undan tashqari biryo‘la ikkita 108MP kamerali smartfonlar chiqaryapti! (+«jonli» surat)

Xiaomi yangi mahsulotlar bo‘yicha direktori mikroskopik kamerada olingan rasmni ulashdi. Redmi bosh direktori esa kamerasida birdaniga ikkita 108 megapiksellik modul qo‘llangan smartfonni e’lon qildi.

OPPO Find X3 ham namoyish etildi: uning Find X3 Pro’dan farqi nimada?

11 martdagi taqdimotida OPPO kompaniyasi yangi avlod smartfonlarini taqdim etgan. Bular – bazaviy Find X3, eng zo‘r Find X3 Pro, shuningdek Find X3 Neo hamda Find X3 Lite modellaridir.

Mikroskop kamerali OPPO Find X3 Pro chiqdi – har tomonlama o‘zgacha flagman!

OPPO Find X3 Pro modelining o‘ziga xosliklaridan biri uning dizaynidir: «Terminator 2» uslubidagi orqa panel kamera blogini ham qoplab turuvchi yaxlit shisha bo‘lagidan ishlangan.

Snapdragon 888 chipli eng arzon flagman 10 soniyada 15 mln dollarlik sotildi!

Hozirgacha na Redmi, na boshqa biror smartfonsoz flagman protsessorli mahsulotini bunchalik arzon taklif eta olmagan.

Global bozordagi eng kuchli o‘nta hamyonbop Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Ro‘yxatni shakllantirishda 2021 yilning fevralida butun dunyodagi foydalanuvchilar tomonidan AnTuTu servisida kamida ming marta tekshirib ko‘rilgan smartfonlar test natijalarining o‘rtacha ko‘rsatkichi olingan.

TOP-10: Eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu global reytingi, 2021 yil fevral)

Xitoychasidan farqli ravishda, global reytingda eng ko‘p – naq to‘rtta o‘rinni Samsung vakillari zabt etgan (lekin lider boshqa). Qolgan pog‘onalardan esa oltita kompaniyaning bittadan flagmanlari joy olgan.

Redmi «damini olaversin» – Snapdragon 888 chipli eng arzon flagman chiqdi!

Realme GT diagonaliga 6,43 dyuymlik AMOLED-ekranga ega; displeyda tasvir aniqligi FHD+ formatida, kadr yangilanish chastotasi esa 120 gerslik.

Snapdragon 888 chipli eng arzon flagman Geekbench’da: bu sizga Redmi K40 Pro emas!

Redmi brendining bosh raqibi – Realme qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q. OPPO korporatsiyasining ushbu arzonchi subbrendi Realme GT rusumli telefoni tayyorlagan va u benchmarkda kuchini ko‘rsatdi.

Yilning eng kutilayotgan kamerofoni Geekbench’da test topshirdi

Uning xuddi mikroskop kabi ishlay oluvchi bosh kamerasida 50 megapiksellik Sony IMX766 datchigidan ikkitasi qo‘llanadi.

OPPO Find X3 allaqachon Antutu testidan o‘tdi: uning Find X3 Pro’dan asosiy farqi nimada?

Insayderlarga ko‘ra, ushbu turkumda naq to‘rtta model mavjud: OPPO Find X3, Find X3 Pro, Find X3 Neo hamda Find X3 Lite. Kompaniya ularni mart oyida taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Realme GT ilk «jonli» suratlarda: Snapdragon 888 chipi, 160 Gs ekran va 125 vattlik batareyali superflagman!

Realme ushbu smartfonini geymerlarga mo‘ljallamoqda va o‘ta samarador bo‘lgan – LPDDR5 toifali, 12 gigabaytlik tezkor xotira bilan ta’minlaydi.

Egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

Qudratli flagmanlar o‘ntaligiga umuman kirmagan ushbu Xitoy smartfoni mazkur reytingda Samsung va Huawei kabi yetakchi smartfonsozlarning eng zo‘r flagmanlarini ham ortda qoldirib, g‘olib bo‘lgan!

Realme bor-yo‘g‘i 185 dollarga «beli baquvvat» 5G-smartfon chiqardi!

Realme V11 5G bosh kamerasi 13 va 2 megapiksellik sensorlardan iborat bo‘lib, uning jamlanmasiga LED-chaqnoq hamda sun’iy ong moduli ham kirgan.

2021 yil yanvardagi eng zo‘r o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu reytingi)

Umumiy hisobda kuchli o‘ntalikka Redmi va Huawei’ning uchtadan, Honor’ning ikkita, Oppo va Realme’ning esa bittadan smartfonlari kirgan.

2021 yilning eng zo‘r kamerofoni – hali chiqmagan Find X3 Pro xususiyatlari va ilk «jonli» rasmlari

Uning mikroskopdek ishlovchi bosh kamerasida 50 megapiksellik Sony IMX766 datchigidan ikkitasi, yana barcha smartfonlardagi ob’yektivlardan ustun bo‘lgan, OFILM tomonidan taqdim etilgan ob’yektiv qo‘llanmoqda.

AnTuTu reytingi: O‘yinbop flagman Mi 11’ni taxtdan ag‘dardi! (2021 yil yanvar)

Ro‘yxatda eng ko‘p – to‘rtta o‘rinni Vivo (va uning iQOO brendi) vakillari band etgan. Xiaomi (hamda Redmi brendi)ning uchta, Huawei’ning ikkita va Oppo’ning esa bitta modeli kuchlilar o‘nligiga kirgan.

Oltita rusumdagi smartfonga Android 11 asosidagi Realme UI 2.0 tarqatilmoqda

OPPO korporatsiyasining arzonchi subbrendi yaqinda Realme C20 modelini taqdim etgan edi. Endi esa u Android 11 tizim talqiniga asoslangan yangi grafik qobiqni olti xil smartfonida sinovdan o‘tkaza boshladi.

Nihoyat, jahon smartfon bozorida Samsung’ni quvib o‘tishdi!

Lekin bitta chorak emas, balki butun 2020 yilda sotilgan smartfonlar soniga qarasak, Samsung yetakchilikni qo‘ldan bermaganini ko‘ramiz. Realme esa eng tez o‘sib kelayotgan brend sifatida e’tirof etilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш