Samsung rasmiy reklama roliklarida Galaxy S10’larning asosiy xususiyatlarini ko‘rsatib berdi!

Galaxy S10 turkumi flagmanlari haqida ko‘plab ma’lumotlarga egamiz, ammo ular norasmiy edi. Kecha esa ularning muhim jihatlarini aks ettiruvchi rasmiy reklama roliklari tarqaldi.

Galaxy S10 xaridorlariga – hali taqdim etilmagan Galaxy Buds simsiz quloqchini sovg‘a!

Yangi flagmanlar uchun oldindan buyurtma olish ular rasman namoyish etilgan kuniyoq ochiladi. Shuningdek, avvaldan buyurtma beruvchilar uchun sirli sovg‘a ham bor ekan!

EKSKLYuZIV: Galaxy S10 va S10+ flagmanlarining ilk videotavsifi!

Mashhur videobloger Markes Braunli standart Galaxy S10 hamda Galaxy S10+ smartfonlarining birinchi videotavsifini taqdim etdi. Ular ko‘proq Galaxy Note turkumidagi fabletlarga o‘xshab ketadi.

Galaxy S10 flagmani iPhone’larni hatto original Apple quvvatlagichidan ham tezroq simsiz quvvatlaydi!

FCC vakillarining tasdiqlashlaricha, Galaxy S10 flagmanlari Reverse Charging texnologiyasiga ega: ular Qi standartini qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalarni 9 vattlik quvvatda simsiz zaryadlay oladi.

Galaxy S10 flagmanlari «arzonladi»: rasmiy va «jonli» suratlar, barcha variantlari, ranglari, narxlari va yangi ma’lumotlar!

Uchala modeldagi Galaxy S10 smartfonlarining barcha xotira variantlari, ularning aniq narxlari hamda korpusining ranglari, xususiyatlari haqidagi yangi ma’lumotlar bilan bitta maqolada tanishing!

Galaxy S10’ning ishlayotgan holdagi «jonli» suratlari Samsung’ning yangi servisini fosh etdi!

Samsung kompaniyasi Galaxy S10 flagmanlari bilan birga bir nechta yangi servislarini ham taqdim etishi kutilayotir. Slashleaks resursi e’lon qilgan navbatdagi «jonli» rasm va skrinshot ham buning dalilidir.

Samsung Galaxy S10 smartfonlarining Yevropadagi narxlari ma’lum qilindi!

TuttoAndroid resursi Galaxy S10 turkumi smartfonlarining qanday ranglarda sotuvga chiqishini hamda aniq narxlarini e’lon qildi.

Samsung Galaxy S10 turkumidagi uchta flagman bitta rasmiy suratda!

Shaffof g‘ilofda bo‘lsa-da, smartfonlar dizaynidagi asosiy elementlarni ko‘rish mumkin: Galaxy S10 Lite qo‘shaloq asosiy kameraga ega bo‘lsa, qolgan ikki modelda uch modulli bosh kamera mavjud.

Samsung’ning ilk 5G-smartfoni – 6 kamerali Galaxy S10 X narxi, savdoga chiqish kuni va jihatlari e’lon qilindi!

Galaxy S10 X nomidagi «X» qismi Galaxy turkumidagi smartfonlarning o‘n yilligini anglatadi. Shuningdek, u «eXperience» («tajriba») hamda «eXpand» («kengayish, kengaytma») so‘zlariga ham ishora qiladi.

Galaxy S10 Lite (yoki S10 E) kamida 128 GB xotiraga, Galaxy F buklama smartfoni esa naq 12 GB «operativka»ga ega!

Insayderlar barcha modellardagi Galaxy S10 hamda Galaxy F buklama smartfonining tezkor va ichki xotiralari haqidagi ma’lumotlarni oshkor etishdi.

Samsung tasodifan o‘z rasmiy saytida Galaxy S10 suratini chiqardi!

Samsung o‘z xatosini payqab qolib, tezda maqoladagi rasmni almashtirib qo‘ygan. Ammo shungacha suratni saqlab olganlar uni internetga chiqarib yuborishgan.

Nihoyat, Galaxy S10 taqdimot kunini Samsung rasman e’lon qildi!

Reklama posterida 10 raqami hamda qayrilma displeyli ikkita smartfon qirralari aks etgan. Shuningdek, unda taqdimot sanasi aytilgan va namoyishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda kuzatish mumkinligi yozilgan.

Galaxy S10 sifatli «jonli» suratda: yupqa romli, chetlari qayrilma displey «tirqish»idagi kamera!

Bundan tashqari, insayder Galaxy S10 modelining bitta xususiyatini tasdiqlagan. Ya’ni, xuddi Huawei Mate 20 Pro flagmanida bo‘lgani kabi, u ham smartfonlarni simsiz quvvatlay oladi.

Galaxy S10 hamda S10 Lite ilk «jonli» va sifatli rasmlarda!

Mobil qurilmalar sanoatida taniqli insayder Ice Univerce o‘zining Twitter-sahifasida ikkita yangi surat e’lon qildi. Bular Galaxy S10 turkumining ikkita modeldagi smartfonlari rasmlaridir.

«JONLI» VIDEO: Galaxy S10 ekrani «tirqish»idagi old kamera ko‘p funksiyali LED-chiroq bilan o‘ralgan!

Halqasimon LED-chiroq orqali turli ma’lumotlar, jumladan – akkumulyator quvvati kam qolganligi kabilar haqida ham xabar beriladi. U smartfonlardagi an’anaviy bildirishnomalar chiroqchasining o‘rnini bosadi.

Ishlayotgan holdagi Galaxy S10’ni ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

Ice Universe uning qaysi model – Galaxy S10 yoki S10 Plus ekanligini va bu rasmni qayerdan olganligini ham aytmagan. Negadir Tvitterda e’lon qilinganidan so‘ng ikki soat o‘tib, suratni o‘chirib tashlagan.

«Jonli» surat: Galaxy S10 ekranidagi «tirqish» Galaxy A8s’nikidan kichkinaroq ekan!

Galaxy A8s displeyidagi «teshik» diametri 6,7 millimetrga teng. Galaxy S10 modelida esa bu ko‘rsatkich 2–3 millimetrga kichkinaroq bo‘lishini taniqli insayder Ice universe «jonli» rasm bilan isbotladi.

«Jonli» Galaxy S10 jamoat joyida «qo‘lga tushdi»!

Xuddi shunday yakka modulli old kamera Galaxy S10 hamda Galaxy S10 Lite modellarida qo‘llanilishi, Galaxy S10+ versiyasida esa selfi-kamera qo‘shaloq bo‘lishi aytilmoqda.

Uchta modeldagi Galaxy S10: suratlari, jihatlari, ANIQ narxlari, taqdimot va savdoga chiqish kunlari!

Keyinroq hali Galaxy S10’ning 5G-versiyasi ham sotuvga chiqadi. Uning yanada qimmat bo‘lishi aniq, demak – 1765 dollar degani hali unchalik ham qo‘rqinchli narx emas...

Uchtalik kamerali Samsung Galaxy S10 ikkita «jonli» suratda!

Ayrimlar Galaxy S10+ bosh kamerasi 4, qolgan modellari 3 modulli bo‘ladi, deyishsa, boshqa insayderlar fikricha Galaxy S10 Lite bitta, S10 ikkita, S10+ esa uchta sensorli bosh kameraga ega, demoqdalar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш