Galaxy S10 flagmani iPhone’larni hatto original Apple quvvatlagichidan ham tezroq simsiz quvvatlaydi!

  •   DiMaX
  •  1344
  •  04.02.2019 17:29

Galaxy S10 flagmani iPhone’larni hatto original Apple quvvatlagichidan ham tezroq simsiz quvvatlaydi!

Samsung kompaniyasining o‘ninchi avlod flagman smartfonlari simsiz quvvatlanishdan tashqari, boshqa qurilmalarni ham simsiz quvvatlay oladi. Bu haqdagi ma’lumot o‘tgan yilning kuzida chiqqan bo‘lsa-da, uning tafsilotlari endi chiqmoqda.

O‘QING: Galaxy S10 flagmanlari «arzonladi»: rasmiy va «jonli» suratlar, barcha variantlari, ranglari, narxlari va yangi ma’lumotlar!

Yaqindagina Galaxy S10 taqdimoti uchun tayyorlanayotgan namoyish stendining boshqaruv pulti surati internetga chiqqandi. Unda mazkur flagmanning simsiz quvvatlovchi stansiya funksiyasi ham mavjudligi o‘z tasdig‘ini topgan:

Bundan tashqari, AQShning Aloqa federal komissiyasi (FCC) shu kunlarda Samsung Galaxy S10 smartfonlarini sertifikatladi. Keyinroq ushbu tashkilot vakillarining aniqlik kiritishlaricha, mazkur flagman chindan ham Reverse Charging funksiyasiga ega. Ya’ni, Galaxy S10 flagmanlari Qi standartini qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalarni, jumladan, boshqa Android-smartfonlar va iPhone’larni, «aqlli» soatlarni simsiz zaryadlay oladi.

Aytish kerakki, ayni shunday funksiya dastlab Huawei Mate 20 Pro flagmanida qo‘llangan, lekin u juda sekin ishlaydi. Samsung Galaxy S10 modelida esa boshqa devayslarni zaryadlash quvvati 9 vattni tashkil etadi. Taqqoslash uchun aytib o‘tsak: iPhone X’ni simsiz quvvatlovchi yangi Apple simsiz quvvatlash stansiyasi 7,5 vattlik zaryadlay oladi. Ya’ni, Samsung flagmani ayfonlarni hatto original Apple quvvatlash uskunasidan ham zo‘r zaryadlashga qodir!

O‘QING: Selfi-kamerasi korpus ichidan chiquvchi ilk Samsung smartfoni – Galaxy A90 suratlarda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!