OnePlus 3T smartfoni 15 noyabrda rasman namoyish etiladi

OnePlus 3T smartfoni 15 noyabrda rasman namoyish etiladi

“Flagmanlar kushandasi” deb nom olgan Xitoyning OnePlus kompaniyasi 15 noyabrda o‘zining navbatdagi modifikatsiyadagi modeli OnePlus 3T smartfonini rasman taqdim etadi. Avvalroq saytimizda firmaning yangi qurilma ustida ish boshlagani haqida xabar yozgan edik.

IXBT nashrining ma’lum qilishicha, yangi smartfonning taqdimoti doirasida xitoylik shovvoz yana bir nechta yangi gadjetlarni ham ommaga namoyish etishi mumkin. Hatto ba’zi tahlilchilar, tizerdagi T harfiga ishora qilgan holda OnePlus yangi planshetni (inglizcha tablet) ham taqdim etishini istisno qilishmayapti.

Taxminlarga ko‘ra, OnePlus 3T Snapdragon 821 SoC protsessori, LCD-ekran, 6 GB LPDDR4 operativ xotira va 64 GB doimiy xotira bilan jihozlanadi. Modelga 8 MPli old kamera hamda Sony IMX298 sensoriga ega bo‘lgan 16 MPli asosiy kamera o‘rnatiladi.

Bundan tashqari, yangi avlod “flagmanlar kushandasi” simmetrik USB Type-C porti, barmoq izi skaneri, tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan sig‘imi 3000 mA/soatli batareya va 4G VoLTE moduliga ega bo‘lishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.