Asura avtomobillar uchun futuristik panelni namoyish qildi

Asura avtomobillar uchun futuristik panelni namoyish qildi

Shu yil boshida mashhur Asura kompaniyasi o‘zining Acura Precision Concept nomli superkarini namoyish qilgan edi. Yaqinda esa u Los-Anjelesda (AQSh, Kaliforniya) o‘tkazilgan LA Auto Show ko‘rgazmasida Asura ushbu avtomobilning asboblar paneliga monand prototipni omma e’tiboriga havola qildi. Panelga Acura Precision Cockpit nomi berilgan, uning ustki qatlami yuqori sifatli metalldan, tabiiy yog‘och, teri va sintetik zamshdan tayyorlangan, deb xabar bermoqda Daily Tech Info.

20161120_2_5

Svetodiodli fon chiroqlari har bir elementni imkon qadar estetik ravishda yoritadigan qilib sozlangan. Panelga o‘rnatilgan 12,3 dyuymli ekran uning asosiy komponenti hisoblanadi. U haydovchiga eng qulay sharoitda ko‘rinadigan sohaga joylashtirilgan. Displeyning ranglari harakat rejimiga qarab haydovchi tomonidan sozlanishi mumkin. Paneldagi fuknsiyalar transmissiya o‘rnatiladigan soha atrofida joylangan tachpad orqali boshqariladi.

20161120_2_4

Panelning kompyuter tizimi Android bazasida ishlangan Acura OS dasturida ishlaydi. Dastur yordamida turli kerakli ilovalardan foydalanish mumkin. Audio, ob-havo, bildirishnoma va navigatsiya tafsilotlari markaziy konsoldagi qo‘shimcha displeyga chiqariladi.

Acura Precision Cockpit futuristik paneli bundan bir necha yildan keyin tayyorlanadigan avtomobillarga o‘rnatilishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.