BigDog loyihasi rasman tugatildi

BigDog loyihasi rasman tugatildi

Katta It (BigDog) nomi bilan tanilgan LS3 roboti “nafaqaga kuzatiladigan” bo‘ldi. Jang maydonining mashina yura olmaydigan joylarida AQSh askarlariga zaruriy anjomlarni yetkazishi mo‘ljallangan jangovar robot eskirgan va beso‘naqay deb topildi. Shuningdek, u juda qattiq ovoz chiqarib ishlaydi hamda o‘t-o‘lanlar orasiga yashirina olmaydi.

Shunga qaramasdan loyiha juda qiziqarli edi. Robot it 180 kilogramm og‘irlikdagi yuklarni tashiy oladi va mashina mutlaqo o‘ta olmaydigan sharoitlarda harakatlanishga qodir. Yurish qiyin sharoitlarda soatiga 6,4 km masofani o‘tadi, 35 gradus qiyalikka o‘rmalab chiqishi mumkin. To‘rt oyog‘ida turli sensorlar joylangan bo‘lib, ular qabul qilgan axborotni markaziy kompyuter boshqaradi. Unga lazerli giroskop va binokulyar ko‘rish tizimi o‘rnatilgan. BigDog uzunligi — 0,91 metr, bo‘yi – 0,76 metr, vazni esa 110 kilogramm.

BigDog to‘g‘risida  New Scientist, Popular Science, Popular Mechanics va Wall Street Journal nashrlari maqola e’lon qilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!