Chevrolet Captiva ishlab chiqarilishi to‘xtatildimi?

  •   Saroy
  •  973
  •  11.09.2018 10:33

Chevrolet Captiva ishlab chiqarilishi to‘xtatildimi?

UzDaily.uz’ning GM Uzbekistan kompaniyasi matbuot xizmati xabariga tayanib yozishicha, kompaniya bugundan boshlab Chevrolet Captiva  avtomobil markasiga buyurtma qabul qilishni to‘xtatgan.

Shu bilar birga, GM Uzbekistan kompaniyasi 2018 yilning oxirigacha Chevrolet Captiva avtomobilini yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnoma  majburiyatlarini to‘liq ado etishi haqida ham malum qilgan.

O‘QING:GM Uzbekistan: endi avtomobillar yetkazib berish ketma-ketligini onlayn kuzatib borish mumkin

Ta’kidlash joizki, Chevrolet Captiva avtomobilini yig‘ish O‘zbekistonda 2007 yil oktyabr oyida boshlangan edi, 2011 yil fevraliga kelib  mazkur model yangilanishni boshdan kechirdi.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.