Dunyoning 15 ta eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchisi

Dunyoning 15 ta eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchisi

DigiTimes Research tahlil kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, 2015 yilning uchinchi kvartalida butun dunyoda 331,9 million dona smartfon ishlab chiqarilgan va bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,7 foizga ko‘p, deb yozadi DigiTimes nashri.

Ishlab chiqaruvchilar reytingini Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi boshqarib turibdi. Jahon bozordagi smartfonlarning 25,6 % foizi koreyaliklarniki. Undan keyingi pog‘onani Amerikaning Apple kompaniyasi egallagan. “Olma”chilarning jahon smartfon bozoridagi ulushi 14,5% foizni tashkil etgan.

“Aqlli” telefon bozori reytining uchinchi yirik ishlab chiqaruvchisi Xitoyning Huawei kompaniyasi. Bozordagi 7,4 foiz smartfonlar aynan mazkur bredga tegishli.

Huawei`ni izma-iz ta’qib qilib kelayotgan kompaniya Xitoyning yana bir yetakchisi Lenovo. To‘rtinchi o‘rindagi bu kompaniyaning smartfonlari bozorda 4,8% foiz.

Ekspertlar beshinchi o‘rinda LG (4,5%), oltinchi pog‘onada Xiaomi (3,8%) deb ma’lumot berishgan.

Pishiq-puxta smartfonlari bilan foydalanuvchilar mehrini qozongan Yaponiyaning Sony kompaniyasi 11-o‘rinda qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Microsoft va Xitoyning Meizu kompaniyasi bormoqda. Ular bozorni 1,7% gadjetlar bilan ta’minlagan.

Tahlilchilarning taxminicha, to‘rtinchi kvartalda ishlab chiqaruvchilar smartfonlar sonini 396,8 mln.ga yetkazishadi. 2015 yil yakunida smartfonlarning bozordagi umumiy soni 1,326 mlrd. donani tashkil etishi kutilmoqda. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatgichga nisbatan 10,1 % foizga ko‘p, demakdir.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!