Eduard Uspenskiy va «Odnoklassniki» hamkorlikda «Prostokvashino»ning davomini yaratdilar

Eduard Uspenskiy va «Odnoklassniki» hamkorlikda «Prostokvashino»ning davomini yaratdilar

Cheburashka va Gena ismli timsoh haqidagi, Fyodor amaki va Matroskin ismli mushuk haqidagi ertaklar muallifi Eduard Uspenskiy “Prostokvashino”ning davomini yozdi. Yangi hikoya “Prostokvashino. Pochta uchun jang” deb nomlanadi, uning qahramonlari rasmlarini esa “Odnoklassniki” rassomlari yaratdilar. Hikoya dastlab “Odnoklassniki” ijtimoiy tizimida tarmoqda chop etiladi va u yerda bir necha oy davomida rasmli postlar sifatida qismlarga bo‘lingan holda chop etila boriladi.

 Ijtimoiy tizim foydalanuvchilari nafaqat birinchilar qatorida yangi hikoya bilan tanishish fursatini, balki ertak yakuniga bevosita  ta’sir ko‘rsatish imkonini kulga kiritadilar. Ushbu onlayn-hikoya rasmlarga boy interaktiv kitobga aylanishi kutilmokda va uni https://ok.ru/prostokvashino guruxida topish mumkin bo‘ladi. “Odnoklassniki” mazkur loyihani qo‘llab-quvvatlash doirasida mahsus sovg‘alar, Matroskin, Fyodor amaki va boshqa qaxramonlar aks ettirilgan stikerlar yaratadi. Bundan tashqari Eduard Uspenskiyning «OK aloqada» ko‘rsatuvi va OK Live ilovasi orqali o‘quvchilar bilan suhbat qurishi ko‘zda tutilgan.

 Eduard Uspenskiyning o‘zi shunday dedi:

Hurmatli o‘quvchilar, bolalar! O‘z vaqtida men mamlakat bo‘ylab juda ko‘p kezardim va kitobxonlar bilan uchrashardim. O‘quvchilar, o‘quvchilar, o‘quvchilar! Har bir safarimda 300 ming nafar o‘quvchi. Endi esa men kamroq safarga chiqmoqdaman – masofalar tobora uzoqlashdi va chiptalar qimmatlashdi. Biroq xozirgi kunda uydan chiqmay turib, yuzlab minglab kitobxonlar bilan suhbatlashish imkoniyati paydo bulyapti. Bu imkoniyatga “Odnoklassniki” tufayli ega bo‘ldim. Tez orada siz rasmlarga boy yangi hikoyam bilan tanishish va men bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Kuzatib boring!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!