Facebook: “1,000 ta like, aks holda uni yerga tashlayman!”

Facebook: “1,000 ta like, aks holda uni yerga tashlayman!”

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining foydalanuvchilaridan biri bo‘lgan jazoirlik shaxs farzandini 15-qavatda joylashgan uyidagi ayvon derazasidan tashqariga chiqarib suratga olgani va uni pastga uloqtirmaslik uchun “do‘st”laridan 1000 ta “like” so‘ragani katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Al-Arabiyaning xabar tarqatishicha, 15-qavat derazasidan tashqarida osig‘lik holatda suratga olingan bolakayning Facebook’dagi surati ostiga “1,000 ta like, aks holda uni yerga tashlayman”, degan izoh qoldirilgan.

The Algerian dad had posted a video of the bewildered child being held by just his shirt 150 feet above the street below with the caption, '1,000 likes or I will drop him'When people picked up on the shocking clip, he was reported to the authorities in the capital Algiers and yesterday he was sentenced to two years in prison

Bu noinsoniy xatti-harakat qisqa fursat ichida mamlakat politsiyasining ham diqqatini tortib, shafqatsiz ota qo‘lga olingan. Ayni paytda bola huquqlarini poymol qilish va farzandining hayotini xavf ostiga qoldirishda ayblanayotgan jinoyatchi 2 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.

Nomi oshkor qilinmagan ota suratlar panjara bilan himoyalangan ayvonda olingani, bu shunchaki o‘yin uchun qilinganini aytib, suddan shafqat qilishini o‘tinib so‘ragan. Ammo, sudya uning iddaolarini inobatga olmadi va bema’ni qilmishi uchun “like”boz otani qamadi.

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik ruhiy kasallikka tenglashtirilgan. Yuqoridagi kabi holatlar ma’naviyati past insonlar tarmoqlarda naqadar tubanlashib borayotganliklarini isbotlab turibdi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.