Galaxy S9 mini: hali taqdim etilmagan «arzon flagman»ni «jonli» videoda ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  1590
  •  29.05.2018 10:24

Galaxy S9 mini: hali taqdim etilmagan «arzon flagman»ni «jonli» videoda ko‘ring!

Telefonining texnik xususiyatlari kuchli bo‘lishini barcha xohlaydi, ammo o‘lchami katta smartfonlar ko‘tarib yurish hammaga ham qulay emas. Smartfonsozlar odatda aynan shunday xaridorlar uchun o‘z flagmanlarining ixcham talqinlarini ham tayyorlashadi.

O‘QING: Samsung "hamyonbop flagman"ni qaytarmoqchi!

Jumladan, Samsung kompaniyasi joriy yilda Galaxy S9 mini modelini taqdim etmoqchi ekanligi avvalroq ma’lum bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, u faqat «Osmon osti saltanati» – Xitoy bozori uchungina chiqariladi.

Samsung ushbu mini-versiyadagi qurilmaning «ichki dunyosi»ni o‘rtacha jihatlar bilan ta’minlagan. Xabarlarga ko‘ra, u Snapdragon 660 platformasi, 4/6 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira bilan jihozlangan. 5,8-dyuymlik displeyi QuadHD+ formatida, ya’ni 2960x1440 pikselli.

Ayrim manbalarga ko‘ra, bu smartfon Samsung Dream-Lite nomi bilan taqdim etilishi ham mumkin.

O‘QING: Samsung Galaxy S9 mini – romsiz iPhone SE'ning "kushandasi"

Kuni kecha insaydkerlar Galaxy S9 mini deb yuritilayotgan smartfonning «jonli» videosini internetga chiqarishdi. Keling, uni birga tomosha qilamiz:

Ko‘rib turganingizdek, ushbu ixcham smartfonning old panelini Infinity Display – «nihoyasiz» displey egallagan. Korpusning orqa qopqog‘ida esa barmoq izi skaneri hamda iPhone X uslubida – modullari tikka joylashgan qo‘shaloq kamera mavjud.

Bu devaysning qachon taqdim etilishiyu bozorga chiqarilish vaqti hozircha noma’lum. Ammo janubiy koreyalik texnogigantning ko‘plab modellardagi smartfonlari O‘zbekistonda ham rasman sotuvga qo‘yilgan.

O‘QING: Eng arzon Samsung, Apple va Xiaomi smartfonlari narxlari – Olcha.uz’da BEPUL yetkazib berish xizmati bilan! (2018 yil 11 may)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!