Haj va umraga boradiganlar uchun onlayn navbat tizimi joriy qilinadi

Haj va umraga boradiganlar uchun onlayn navbat tizimi joriy qilinadi

O‘zbekiston fuqarolari uchun umra safari kvotasi 6 mingdan 10 mingga oshirildi. 7 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi qarori qabul qilindi, deb yozadi Sof.uz.

Belgilanishicha, 2 oy muddatda O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytida haj va umraga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimi shakllantiriladi va doimiy ravishda yangilab boriladi.

Haj va umraga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning doimiy yashash joyi o‘zgargan taqdirda, ularning avvalgi manzili bo‘yicha navbati saqlanib qoladi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi ziyoratchilar uchun aviachiptalar narxini arzonlashtiradi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!