Mobil operatorlar 1 avgust kuni SMS va internetni vaqtinchalik o‘chiradi

Mobil operatorlar 1 avgust kuni SMS va internetni vaqtinchalik o‘chiradi

O‘zbekiston mobil operatorlari 1 avgust kuni profilaktika ishlari o‘tkazilishi haqida ma’lum qilishdi. SMS hamda mobil internet bo‘yicha xizmatlar soat 8:30 dan 13:30 ga qadar taqdim etilmaydi. Ovozli aloqa esa cheklovlarsiz ishlaydi.

Vaqtinchalik cheklovlar haqidagi ogohlantirish Ucell, Beeline va Perfectum operatorlari saytida joylashtirildi, deb yozmoqda Kun.uz.

“Hurmatli abonentlar, O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida profilaktika ishlari olib borilishi sababli 01.08.2017 y. soat 08.30 dan 13.30 ga qadar kompaniya qo‘shimcha xizmatlari (SMS, MMS, WAP va GPRS) vaqtinchalik amal qilmaydi. Ovozli qo‘ng‘iroqlar odatdagi tartibda ishlaydi. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi Ucell xabarida.

“2017 yilning 1 avgust kuni profilaktika ishlari olib borilishi sababli soat 8:30 dan 13:30 ga qadar SMS, MMS va Internet xizmatlari vaqtinchalik amal qilmaydi. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi Beeline  saytida.

Boshqa operatorlar ham bu borada maxsus xabar bilan chiqishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 1 avgust O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!