«Odnoklassniki» Uzcard bilan hamkorlik qilishni boshladi

«Odnoklassniki» Uzcard bilan hamkorlik qilishni boshladi

«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i UzCard to‘lov tizimi bilan hamkorlik qilishni boshladi, xabar qilindi tarmoq press-relizida. Foydalanuvchilar my.uzcard.uz va woy-wo.uz portallari yoki Uzcard mobil ilovasi yordamida to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Bundan avval esa «OK» hisobini faqatgina SMS bo‘yicha to‘ldirish mumkin edi.

Ijtimoiy tarmoqda virtual hisobni Payme, MBank va CLICK xizmatlari yordamida ham to‘ldirish imkoni mavjud.

«O‘zbekiston — „Sinfdoshlar“ uchun eng muhim davlatlardan biri. To‘lov tizimlari bilan hamkorlikning kengayishi bilan „OK“ virtual hisobini to‘ldirish qiymati ham pastladi», — deya xabar qildi «Odnoklassniki» matbuot xizmati rahbari yordamchisi Anastasiya Jbanova.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.