Oylab zaryadlamasa bo‘ladigan telefon taqdim etildi

Oylab zaryadlamasa bo‘ladigan telefon taqdim etildi

Philips 139 kungacha zaryad olmasdan ishlaydigan oddiy tugmali Xenium E570 telefonini taqdim qildi.
Philips Xenium E570’ning batareyasi boshqa smartfonlar bilan solishtirganda 3160 mA/st (ampersoat). Mashhur modellar akkumulyatori, odatda, bundan kichik bo‘ladi, ammo ko‘p energiya sarflaydi.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, Philips Xenium E570 telefoni kutish rejimida turgan holda 4-6 oygacha quvvatlanishsiz ishlashi mumkin. So‘zlashish rejimida telefon 48 soatgacha ishlaydi. Bundan tashqari, telefon batareyasidan boshqa qurilmalar ham quvvat olishi mumkin.

download download (1) download (2)

Telefonning texnik tavsifi:

Ekran: 2. 8 dyuym, rangli, TFT, 240x320 pikselli.
Operativ xotira: 64 MB
Ichki xotira: 128 MB
Qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi: 32 GB’gacha
Bluetooth: V3. 0
Korpus: Plastik
Akkumulyator: 3160 mA/St
Hajmi: 133, 5 x 58, 6 x 15, 7 mm.
Og‘irligi: 156 g.