Samsung Galaxy Zero – to‘liq romsiz va kuchli smartfon

Samsung Galaxy Zero – to‘liq romsiz va kuchli smartfon

Galaxy S9 va S9+ flagmanlari bir oydan so‘ng MWC 2018 -- jahon mobil kongressi doirasida taqdim qilinadi. Biroq, chipest imkoniyatini hisobga olmaganda, bu smartfonlar jihatlariga ko‘ra millionlab muxlislarni xursand qilmasligi mumkin. Boisi gadjetlarda avvalgi flagmanlardagi kabi qisman romga ega bo‘lgan ekran qo‘llanilgan, kamera imkoniyatlari ham deyarli o‘zgarmagan. Shu tufayli ham ishlab chiqaruvchi Samsung Galaxy Zero smartfonini bozorga tayyorlamoqda. Bir guruh professional dizaynerlar mehnatining bu "mevasi" g‘oyatda taassurotli bo‘lishi mumkin.

Samsung Galaxy Zero dizayni va jihatlariga ko‘ra bozorning oldi devayslaridan biri bo‘ladi. To‘liq romsiz smartfonning kamera modullari ham qo‘sh bo‘ladi. Uning displeydia Synaptics kompaniyasining virtual ko‘rinishdagi barmoq izi skaneri ham bo‘ladi. Qolaversa, old kamerada yuz-qiyofa uchun Face ID skaneri ham tatbiq qilingan. 2018 yilning yanvar holatida hali biror telefonda bu kabi markazlashgan ilg‘or jihatlar mavjud emas.

Albatta, Samsung Galaxy Zero – jahon miqyosida millionlab insonlarning orzusi. Ekspertlarning fikricha, keyingi 2 yil orasida dunyoning boshqa ishlab chiqaruvchilari ham xuddi shunday dizayndagi smartfonlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadilar.

Galaxy Zero smartfoni 5,9 dyuymli, romdan butunlay xoli, Super AMOLED matritsali, tomonlar nisbati 18,5:9 standartli va piksel sig‘imi 2960 ga 1440 pikselli (QHD+) ekranga ega bo‘ladi. Bu yilgi flagmanlar kabi, bu devays ham 8 yadroli, 2,8 GGs chastota tezligiga ega Qualcomm Snapdragon 845 protsessori va Adreno 630 video-kartasi bilan ta’minlanadi.

Devaysning tezkor xotirasi 4/6 GB hamda doimiy xotirasi 64/128 GB sig‘imli bo‘ladi. Qo‘sh sensorli 12 Mp aniqligidagi kameralar va 8 megapikselli bosh kamera barcha uchun maqbul keladigan suratlar oladi. 3500 mA soat tok sig‘imi mavjud akkumulyator batareyasi Quick Charge 4.0 tezkor quvvat olish texnologiyasi bilan ta’minlangan bo‘ladi.

Samsung korporatsiyasi yil oxiriga qadar Galaxy Zero modelini taqdim qilishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.