Samsung Harman kompaniyasini 8 mlrd dollarga sotib oladi

Samsung Harman kompaniyasini 8 mlrd dollarga sotib oladi

Bugun Samsung NEWSROOM saytida Janubiy Koreya texnologiya giganti AQShning Harman International Industries kompaniyasi bilan xarid borasida o‘zaro kelishuvga erishgani to‘g‘risidagi xabar e’lon qilindi. Samsung AQShning audio/vizual mahsulot va texnologiyalar ishlab chiqaradigan firmasini 8 milliard dollarga sotib oladi (har bir aksiyaning narxi 112 dollardan baholangan).

Harman International Industries firmasi, shu bilan birga, avtomobillarga mo‘ljallangan turli  texnologik audio tizimlar tayyorlashi bilan ham yaxshi tanilgan. Harman nazoratida ostida 20 dan ortiq brendlar jamlangan bo‘lib, ular orasida AKG Acoustics, AMX, Crown Audio, Harman/Kardon, Infinity, JBL, JBL Professional, Lexicon, Mark Levinson, Martin, Revel, Soundcraft va Studer brendlarini alohida qayd qilish mumkin.

Kelishuv har ikkala kompaniyaning direktorlar kengashi tarafidan ma’qullandi va 2017 yilning o‘rtalarida rasmiylashtirish jarayoni yakunlanishi ma’lum qilingan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!