O‘zbekistonda 8 martga bag‘ishlangan ijtimoiy veb-loyiha ishga tushirildi

O‘zbekistonda 8 martga bag‘ishlangan ijtimoiy veb-loyiha ishga tushirildi

8 mart bayrami – O‘zbekistondagi barcha xotin-qizlarga o‘z sevgi va hurmat-ehtiromni yana bir bor bildirish uchun yaxshi imkoniyat.

Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida 8mart.uz loyihasi ishga tushirildi. Loyiha O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va MacCoffee kompaniyalari ko‘magida amalga oshirildi. Loyiha bosh hamkori – UMS.

Loyiha mamlakatimizning eng mashhur erkaklariga ayollarimizni tabriklash imkoniyatini beradi. Har bir ayol Rashid Xoliqov, Murod Nazarov, Vyacheslav Kan, “Ummon” guruhi a’zolari va boshqalardan shaxsiy tabrik olishi mumkin.

Loyihaning 8mart.uz saytida shaxsiy tabriklarni olish mumkin. Buning uchun saytning bosh sahifasida Facebook ijtimoiy tarmog‘ining tugmasini bosib, avtomatik ravishda avtorizatsiyadan o‘tish kerak.

Shu bilan birga sayt, mamlakatimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan, O‘zbekistonning taniqli ayollari: Tamaraxonim, Galina Melnikova, Sayyora Rashidova, Zulfiya Isroilova, Oksana Chusovitina, Iroda To‘laganova, Bernara Kariyeva, Muyassar Razzoqova haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

«8 mart – ayollarning zamonaviy dunyoda yuqori o‘rni va ahamiyatini ifodalovchi ramziy bayramdir. Biz, bunday qizikarli va ijtimoiy loyihalarni, mamlakatimizning faol kompaniyalari yaratayotganidan juda mamnunmiz. Fursatdan foydalanib, biz O‘zbekistonning barcha ayol va qizlarini 8 mart bilan tabriklaymiz!» – deb izohladi O‘zbekiston Xotin – qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Gulnora Marufova.