Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlariga 18 oktyabrgacha chegirma va sovg‘alar bor!

Aksiya 18 oktyabr kuni, tungi soat 23:59 gacha dvom etadi. Kompaniyaning o‘zi unda va’da qilganidan ham ortiq chegirmalar bor!

Apple uzoq kutilgan gadjetlaridan kamida ikkitasini 13 oktyabrda taqdim etmaydi

Ulardan birining namoyishi hatto 2021 yilning mart oyiga qoldirilgan.

Xiaomi atigi 13 dollardan boshlanuvchi ikkita simsiz quloqchin taqdim etdi

Siri, Alexa va Google Assistant ovozli yordamchilarini qo‘llab-quvvatlovchi bu quloqchinlar avtonomligi 12 soatga yetadi, korpuslari IPX4 standartiga ko‘ra ter va boshqa turdagi nam kirishidan himoyalangan.

O‘ta ommabop Apple gadjetining ikki karra arzon raqibini taqdimotdan avval ishlatib ko‘ramiz! (ikkita «jonli» video)

Xitoylik mashhur kompaniya bu aksessuarini 13 oktyabrda rasman namoyish qiladi. Apple devaysiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib bo‘lgan bu aksessuar undan ancha (insayderlarga ko‘ra – ikki baravarga) arzon narxlanadi.

Apple utillashtirishga berilgan o‘n minglab gadjetlar o‘g‘rincha sotilgan!

GEEP Canada’ga utillashtirishga berilgan 530 mingdan ko‘proq iPhone, 25 mingta iPad va 19,2 mingta Apple Watch’ning 18 foizi keyin aloqa operatorlari tarmoqlarida faol bo‘lgani aniqlangan.

Facebook, Messenger, WhatsApp va Instagram millionlab qurilmalarda ishlamay qoldi

Mazkur dasturlar rasmiy ilovalar katalogidan olib tashlangan. Allaqachon o‘rnatilgan gadjetlarda esa ilovani ochishga harakat qilinganida, bu dasturning qo‘llab-quvvatlanishi tugatilgan, degan xabar chiqyapti.

Bitta quvvatda 14 kungacha ishlovchi Xiaomi Mi Watch Revolve taqdim etildi: narx va jihatlari

Mi Watch Revolve sportning 10 xil rejimini qo‘llab-quvvatlaydi, yana unga turli nafas mashqlari ham kiritilgan. Shuningdek, uning real vaqt rejimida ob-havo prognozini yangilab boradi.

Redmi’ning ilk aqlli soatida smartfonsiz ham qo‘ng‘iroq qila olasiz!

Bluetooth modulidan tashqari, unda eSIM texnologiyasi ham qo‘llanadi. Bu – nomoddiy, qurilmaning o‘ziga joriy etilgan SIM-karta bo‘lib, shuning yordamida Redmi Watch telefon vazifasini bajara oladi.

Android 10 tizimli ilk smart-soat namoyish etildi: 4/64 GB xotira va buriluvchi Sony kamerali!

Keramik gardishli ushbu smart-soat korpusining suv sachrashidan himoyalanganligi aytilmoqda. GPS, GLONASS, BeiDou, WiFi hamda Bluetooth 5.0 interfeyslariga ega, lekin NFC-chipi yo‘q.

Huami pulsoksimetrli Amazfit Band 5 bilaguzugini taqdim etdi: siz uni taniysiz!

Mazkur gadjetning Mi Band 5’dan muhim farqlari – unda Alexa ovozli assistenti hamda pulsoksimetr vazifasini bajaruvchi (qonning kislorodga to‘yinganlik darajasini o‘lchovchi) SpO2 datchigi mavjud.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш