Tipratikan Sonic'ni eslaysizmi? Uni o'ldirib ketishdi!

Tipratikan Sonic'ni eslaysizmi? Uni o'ldirib ketishdi!

Sega kutilmaganda yangi o'yin taqdim qildi. U kompaniyaning eng taniqli antropomorfik qahramoni, Sonic bilan bog'liq, lekin siz uni o'yinda ko'rmaysiz, chunki u o'lgan! Yo'q, noto'g'ri o'qimadingiz. Sega'ning o'zi uning o'limini tasdiqlaydi. Siz esa uning qotili topishingiz kerak!

Yangi o'yin "The Murder of Sonic the Hedgehog", ya'ni "Tipratikan Sonic'ning o'ldirilishi" deb nomlanadi. Vizual roman formatidagi ushbu o'yinda Amy Rose o'zining tug'ilgan kuni Mirage Express nomli poyezdda sirli qotillik kechasini o'tkazadi. Unda Sonic o'yin qurboni bo'ladi.

Siz esa o'yin davomida Knuckles, Shadow va boshqa Sonic tanishlarini gumondorlar sifatida so'roq qilishingiz va Sonic o'limida kim aybdor ekanligi tagiga yetishingiz kerak bo'ladi.

Ta'kidlash joizki, Sega o'zining ushbu yangi o'yinini 1-aprel – "Hazil kuni" munosabati bilan taqdim qilgan va uni siz hoziroq Steam o'yinlar do'konidan Mac yoki Windows kompyuteringiz uchun tekin yuklab olib o'ynashingiz mumkin.

Shuni ham aytish kerakki, Sega o'zining yangi The Murder of Sonic the Hedgehog o'yini kanonik emasligini tasdiqlaydi, ya'ni u bir qator chiqarilgan Sonic o'yinlariga qo'shilmaydi, ya'ni Sonic aslida tirik va u kelajakdagi o'yin, film va boshqalarda ishtirok etadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!