Leica bitta avtomobil narxida... oq-qora kamera taqdim etdi!

Leica M10 Monochrome modelining atigi 40 megapiksellik datchigi, nomidan ham anglashilib turganidek, faqat monoxrom – oq-qora ranglarda suratga olishga yaraydi. Unda nega bu fotokamera buncha qimmat!?.

DxOMark kamerasi eng kuchli o‘yin smartfonini e’lon qildi

AnTuTu o‘tgan yilning dekabrida bu flagmanni eng kuchli smartfon sifatida e’lon qilgan edi. IGN nashri ham 2019 yilning eng sara sakkizta smartfoni reytingida uni eng zo‘r geymerofon, deya e’tirof etgan.

256 MPlik kamerali ilk smartfonni kim tayyorlaganini bilasizmi?

Smartfonda chorak milliard piksellik kameraga ehtiyoj bor-yo‘qligi – alohida masala, ammo shunaqa model (yoki hali prototip) allaqachon yaratilganini unda olingan skrinshot isbotlab turibdi.

DxOMark: Bu hamyonbop smartfon kamera bobida Nokia 9 PureView flagmaniga teng!

Mazkur qurilma foto suratga olish bo‘yicha 90 ball, videos’yomka borasida esa – 75 ball olgan. Taqqoslash uchun: Nokia 9 PureView bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha tegishlicha 88 va 80 ballga baholangan edi.

Qabr toshiga kamera o‘rnatish FBRga nimaga kerak bo‘lgan?

Bundan tashqari, Special Services Group broshyurasida changyutgich va budilniklarga, hatto yosh bolalarga mo‘ljallangan avtomobil o‘rindiqlariga o‘rnatiluvchi kameralar tavsiflari berilgan.

Xakerlar qamoqxona kameralariga kirib, mahbuslar hayotini YouTube’da ko‘rsatishdi

Axloq tuzatish muassasalari boshqarmasi vakillari yuqoridagi faktni tasdiqlashgan va buni mamlakat tashqarisidan kimdir qilgan, deya gumon bildirishgan.

DxOMark taxtidan Mate 30 Pro va Mi CC9 Pro’ni ag‘dargan yangi qirol! (+video)

Huawei Mate 30 Pro flagmani DxOMark reytingida eng yuksak o‘rinni olgan, keyinroq Premium talqinidagi Xiaomi Mi CC9 Pro ham u bilan bir xil – 121 ballik natija ko‘rsatgan edi...

Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Mi Note 10 fabletlari chiqqanida, Samsung naq 108 megapiksellik ISOCELL Bright HMX datchigini qo‘llash bo‘yicha birinchilikni nega Xiaomi’ga berib yuborganiga ko‘pchilik hayron qolgan. Gap buyoqda ekan...

Afsonaviy Doom o‘yinini 20 yillik fotoapparatda ishga tushirishdi (video)

Doom o‘yinini videobloger Kodak Digital Science DC260 ZOOM fotokamerasida ishga tushirishga erishdi. Bu fotoapparat 1998 yili taqdim etilgan va o‘shanda narxi ming dollar edi.

DxOMark yilning eng yaxshi selfifonlari reytingini e’lon qildi

DxOMark selfi-kameralarni shu yilning yanvaridan tekshira boshlashgan. Va nihoyat, salkam bir yil mobaynida testdan o‘tgan selfifonlarning eng zo‘rlarini e’lon qilish vaqti keldi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш