Afsonaviy Doom o‘yinini 20 yillik fotoapparatda ishga tushirishdi (video)

  •   DiMaX
  •  569
  •  30.11.2019 17:18

Afsonaviy Doom o‘yinini 20 yillik fotoapparatda ishga tushirishdi (video)

Eski o‘yinlar ishqibozlari ularni noodatiy gadjetlarga ham o‘rnatib ko‘rishga qiziqishadi. Masalan, Doom o‘yinini kalkulyatorida, MacBook Pro tachbarida, elektron kitob o‘qigichda va hatto Porsche avtomobilining bort tizimida ham ishga tushirishgan.

O‘QING: Eng murakkab o‘yin: «Iloncha» va «Tetris» chatishmasida kuchingizni sinab ko‘ring!

LazyGameReviews nikli videobloger esa uni Kodak Digital Science DC260 ZOOM fotokamerasida ishga tushirishga erishdi va uning ekranida o‘yin jarayonini namoyish etdi. Bu fotoapparat 1998 yili taqdim etilgan va o‘shanda narxi ming dollar edi.

Mana, fotokamerada o‘yin jarayoni quyidagicha:

Kodak Digital Science DC260 ZOOM fotoapparatining o‘ziga xosligi – o‘zining operatsion tizimi, unda rasmni tahrirlash va boshqa imkoniyatlar borligidir. Unda 66 MGs chastotali PowerPC protsessori, 8 MB tezkor xotira, kichikroq rangli ekran, audiochip va D-Pad mavjud. Shular sharofati bilan unda Doom va boshqa ayrim o‘yinlarni ishga tushirsa bo‘ladi.

O‘QING: TOP-10: Eng kuchli o‘yinbop smartfonlar (2019 yil, noyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!