Xakerlar qamoqxona kameralariga kirib, mahbuslar hayotini YouTube’da ko‘rsatishdi

  •   DiMaX
  •  4339
  •  26.12.2019 12:24

Xakerlar qamoqxona kameralariga kirib, mahbuslar hayotini YouTube’da ko‘rsatishdi

Tailandda xakerlar mamlakat qamoqxonalaridan birining kompyuter tizimi himoyasini buzib kirishgan. Ular shu yo‘l bilan mahbuslarni kuzatib turish uchun o‘rnatilgan kameralarga kirishga erishishgan.

O‘QING: Bu kamera mashina raqamini bir kilometr uzoqlikdan ham aniq ko‘rsata oladi!

Xakerlar bu bilan ham cheklanib qolmasdan, kuzatuv kameralari orqali olingan tasvirlarni YouTube’da translyasiya ham qilishgan. BigBrother's Gaze akkauntidan olib borilgan efir bir necha soat davom etgan. Videoxosting foydalanuvchilari bu vaqt mobaynida mahbuslarning bir nechta kameradan olingan tasvirlarini tomosha qilishgan.

Tailandning Axloq tuzatish muassasalari boshqarmasi vakillari yuqoridagi faktni tasdiqlashgan va buni mamlakat tashqarisidan kimdir qilgan, deya gumon bildirishgan. Bu holat aniqlangach, turmada surishtiruv-tergov ishlarini olib borish maqsadlarida kuzatuv kameralarini vaqtincha uzib qo‘yishgan.

BigBrother's Gaze kanali hozir ham YouTube’da mavjud va bir yarim mingga yaqin obunachiga ega. Biroq unda ko‘rish mumkin bo‘lgan birorta ham video yo‘q.

O‘QING: O‘zbekiston maktablarida kuzatuv kameralarini Xitoy kompaniyalari o‘rnatadi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!