"Malika"da arzonlashgan Galaxy A8'ning jiddiy raqibi bor!

Samsung Galaxy A8 (2018) modeliga nazar

Samsung o‘zigagina ma’lum ayrim sabablarga ko‘ra bu yil taniqli "Galaxy A" turkumini jiddiy jihatlar bilan boyitdi va narxini ham ko‘tardi. Avvallari hajmi "Galaxy A5" deb yuritilgan modelday keladigan smartfon Samsung Galaxy A8 (2018) nomi bilan atala boshlandi. Nomidan va istarasidan ham ko‘rinib turibdiki, bu smartfon "Galaxy S8" modelining o‘rta narxli "avlodi".

Dizayn
Galaxy A8 (2018) bir necha yillar mobaynida qimmat o‘rta narxli smartfonlarga tatbiq qilingan tajriba mevasi bo‘lgan. Metall va shisha uyg‘unligida tayyorlangan korpusning ko‘rinishi hashamdor. Uning vazni 172 gramm.

O‘lchamlari: 149.2 x 70.6 x 8.4 mm. Galaxy A8 (2018) 5.6 dyuymli, 1080x2220 piksel sig‘imli, Super AMOLED matritsali va tomonlari 18.5:9 nisbatli ekranga ega bo‘lgan. Uning korpusi IP68 guvohnomasi bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan.

Aytish joizki, bu smartfon Samsung kompaniyasi Infinity Display bilan ishlab chiqargan ilk o‘rta narxli smartfon. Uning qayrilma qirralari bo‘lmasa ham, displey hoshiyasiz yonlarga mustahkam mahkamlangan. Old panel tugmalardan xoli, barmoq izi skaneri orqa panelda joylashtirilgan.

Platforma
Galaxy A8 (2018) smartfoni 8 yadroli Samsung Exynos 7885 protsessoriga ega bo‘lgan. Unda 4 gigabaytli tezkor va 32/64 gigabaytli doimiy xotira mavjud. Grafika va tasvir uchun Mali-G71 video kartasi mas’ul. microSD kartasi orqali xotirani 256 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin. Smartfon LTE Cat.11, Wi-Fi 802.11 ac hamda Bluetooth 5.0 tarmoqlarida ham ishlaydi. Shuningdek bu model Gear VR shlemini qo‘llab-quvvatlaydigan ikl hamyonbop Samsung smartfoni.

Dasturiy ta’minot
Nomlar o‘zgarsa ham, Samsung'ning dasturiy ta’mint bo‘yicha siyosati o‘zgarishsiz qoladi. Galaxy A8 (2018) bir oz orqada bo‘lgan Android 7.1.1 Nougat'ning o‘zlashtirilgan Samsung Experience 8.5 UX operatsion tizimida ishlaydi. Yil oxiriga qadar uni Android Oreo'ga yangilash mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, A8 smartfoni 2 yil mobaynida kompaniyadan xavfsizlik tizimini olib turadi.

Kamera
Galaxy A8 (2018) kompaniya old kamerani qo‘sh sensor bilan ta’minlagan ilk o‘rta narxli smartfon.
Old paneldagi 16 megapikselli bosh sensorga yordamchi sifatida 8 megapikselli datchik ham o‘rnatilgan. Bu sensor "Live Focus", ya’ni ilg‘or fokuslash tizimiga ega. Endi selfilarning orqa fonini ham g‘ira-shira qilish mumkin. Bosh kamera uchun esa 16 megapiksel aniqligida surat oladigan va ilg‘or jihatlarga ega yaxshi kamera tanlangan.

Akkumulyator
Galaxy A8 (2018) ajralmaydigan 3,000 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyator bilan ta’minlangan.

Narx-navo va bosh raqib!

Galaxy A8 (2018) qora, tilla va kul rangli korpuslarda ayni paytda "Malika"da 3 423 750 so‘mdan sotilmoqda. Bir oy avval, ya’ni martning boshida bu devaysning bahosi 3 860 000 so‘mni tashkil qilgan.

Xo‘sh, bu pulga uning qaysi raqibini xarid qilish mumkin?

"Malika"da bu narx evaziga Mi 6 flagmanini xarid qilish mumkin. Aniqrog‘i Mi 6'ning 4/64 (qora) talqini 3 330 000 so‘mdan sotilmoqda.

O‘qing: Xiaomi Mi 6: kuchli flagman yarim narxida

Uning afzalliklari:
"Syaomi" flagmanining eng katta afzalligi - kuchli protsessori!

U Qualcomm Snapdragon 835 va grafik-tasvir uchun ma’sul Adreno 540 video kartasi bilan u o‘tgan yilning eng kuchli smartfonlaridan biri bo‘lgan.

Misol uchun Galaxy A8 AnTuTu'da samaradorlik bo‘yicha 85 389 ball to‘plagan bo‘lsa, Mi 6 smartfoni 210 329 ball to‘plagan. Ya’ni, deyarli 3 barobar kuchli platformaga ega.

Uning 3350 mA soatli tok sig‘imiga ega akkumulyatorini tezkor quvvatlash mumkin.

Flagman bosh kamerasi juda kuchli. Old kamera uchun 8 Mp (Sony IMX 268) sig‘imli modul tanlangan. Uning selfi olishi — sifatli.

Xiaomi Mi 6 zanglamaydigan va suvdan himoyalangan po‘lat korpusga ega. Korpusning old va orqa panellari qayrilma himoya shishasi bilan qoplangan.

O‘qing: Galaxy A8 va A8+ (2018): "Malika"da xush ko‘rdik!

5.15 dyuymli ekranning piksellar sig‘imi – Full HD (1920 x 1080), bu o‘lcham uchun yetarli.

Xulosa va tanlovni esa doimgidek o‘z ixtiyoringizda qoldiramiz.

O‘qing: Sukerberg: "O‘zbekiston rossiyalik trollar nishonida bo‘lgan"

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!