Galaxy A52 4G hamda A52 5G: narxlari, farqlari va umumiy jihatlari

Samsung ularni ekranosti daktiloskop, 25 vattlik tezkor quvvatlanuvchi 4500 mA/soatlik akkumulyator va NFC chipi bilan ta’minlamoqda. Har ikkalasining korpusi IP67 standartida suv sachrashidan himoyalangan.

Apple va Netflix aynan O‘zbekistonni tanladi. Nega Qozog‘istonni emas?

Qozog‘istonlik siyosatshunos Doniyor Ashimbayev nima sababdan dunyo brendlari Qozog‘iston bilan emas, balki O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishni afzal ko‘rayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Eng zo‘r Android-flagmanlar reytingiga Redmi K40 hamda K40 Pro ham kirdi, Mi 11 esa yana pastladi! (AnTuTu, 2021 yil fevral)

Ilk ikkita va so‘nggi o‘rinlarni Vivo smartfonlari, eng ko‘p – to‘rtta pog‘onani esa Xiaomi mahsulotlari egallagan. Qolgan uchta o‘rinni bo‘lsa Huawei, Samsung hamda Oppo flagmanlari band etgan.

Galaxy S21 Ultra yangi reytingda atigi 17-o‘rin bilan Samsung obro‘sini bir pul qildi!

Eng qimmat superflagman hattoki kuchli o‘nlikka kirmagan Honor 30 Pro+, iPhone 11 Pro Max, Huawei Mate 30 Pro 5G, iPhone 12 mini, iPhone 12 hamda Honor V30 Pro modellaridan ham pastdan joy olgan!

Samsung yangi «o‘lmas» smartfonini sertifikatladi, lekin...

Galaxy XCover 5 suratini Evan Blass e’lon qildi. Bluetooth SIG ma’lumotlar bazasidagi qaydlarga ko‘ra, uning oddiy va ikkita SIM-kartali versiyalari bo‘ladi. Ammo ko‘pchilik kutayotgan jihat unda yo‘q!

Smartfon g‘ilofidagi og‘u

Ochilib-yopiluvchi g‘iloflarning aksariyatida pul, plastik kartochka va hokazolarni solib qo‘yish uchun «cho‘ntak» ham bo‘ladi. Lekin undan qanday maqsadlarda foydalanish baribir kishining o‘ziga bog‘liq...

Samsung ikki yillik smartfonlariga ham Android 11 bazasidagi One UI 3.1 proshivkasini tarqatyapti

Kompaniya allaqachon navbatdagi – Android 12 tizim talqini asosida One UI 4.0 grafik qobig‘ini ham tayyorlashga kirishgan.

Galaxy A32 4G taqdim qilindi: 5G-versiyadan arzon, lekin unisidan ham zo‘r!

Yangi smartfonning dizayni Galaxy A32 5G modelidan deyarli farq qilmaydi; biroq protsessori 5G tarmog‘ida ishlamasligini aytmasa, sherigidan yaxshiroq xususiyatlarga ega.

2020 yili dunyoda eng ko‘p sotilgan o‘nta smartfon (Omdia reytingi)

Kuchli uchlikni va umuman ro‘yxatning naq yarmini faqatgina bitta kompaniya mahsulotlari egallagan. Samsung smartfonlari esa reytingda to‘rtinchi pog‘onadan boshlanyapti.

Yana bir «avtonomlik monstri» – Galaxy M62 taqdim etildi!

Samsung navbatdagi «beli baquvvat» smartfoni premerasini 3 martda o‘tkazishi kutilayotgan edi. Biroq kompaniyaning Tailand bo‘limi cho‘zib o‘tirmasdan, uning barcha jihatlarini rasmiy saytida e’lon qildi.

Android 12’ga yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining ulkan ro‘yxati

Samsung allaqachon o‘n ikkinchi avlod «yashil robotchali» tizim asosida One UI 4.0 grafik qobig‘ini tayyorlashga kirishgan. Internetda esa ungacha yangilanuvchi telefon va planshetlarning ro‘yxati paydo bo‘ldi.

Samsung’ning barcha smartfon va planshetlari egalariga zo‘r xushxabar bor!

Ro‘yxatda ko‘rish mumkinki, Samsung nafaqat Galaxy A10 va M10s kabi eng arzon modellar, balki korpusi mustahkam himoyali Galaxy Xcover seriyasidagi smartfonlarni ham e’tibordan chetda qoldirmagan.

Samsung eng arzon 5G-smartfonini endi 4G-versiyada ham chiqaryapti! (rasmiy suratlar)

Galaxy A32 4G haqidagi ma’lumotlar va uning suratlarini e’lon qilgan taniqli insayder Sudhanshu Ambxore ta’kidlashicha, bular – kompaniyaning tegishli marketing materiallaridan olingan rasmiy renderlardir.

O‘n xil Samsung smartfoniga Android 11 bazasidagi One UI 3.1 proshivkasi kela boshladi!

Shuningdek, kompaniya o‘zining buklamafonlari – Galaxy Fold, Galaxy Z Fold 2 hamda Galaxy Z Flip flagmanlani uchun ham One UI 3.1 asosida proshivkalar tayyorlayotganini tasdiqlagan.

Elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab Samsung o‘z zavodini yopdi

Aytilishicha, bu zavodda Samsung 14 nanometrlik protsessorlar ishlab chiqaradi.

Bo‘lajak bestseller – Galaxy A52 surat va xususiyatlarini Google sotib qo‘ydi!

Google Play Console tasdiqlashicha, Galaxy A52 5G modeli Snapdragon 750G chipiga va 6 GBlik xotiraga ega. Full HD+ displeyli bu smartfonni kompaniya Android 11 tizimi bilan taqdim etadi.

Galaxy F62 kutilganidan ham arzon narxda to‘liq taqdim etildi! (+video)

Daktiloskop korpusining yon qirrasida joylashgan; Samsung uni yana LTE-modem, ikkita SIM-karta sloti, Bluetooth 5.0 va NFC adapterlari, USB-C porti hamda standart quloqchin tirqishi bilan ta’minlagan.

Samsung Windows 10 uchun QuickSharing dasturini taqdim qildi

Samsung'ning Microsoft bilan hamkorligi kuchayib bormoqda.

Hamyonbop flagman – Galaxy S21 FE ikki xilda chiqadi: 4G-versiyasi yanada arzon!

Smartfon allaqachon Hindistonning rasmiy regulyatori – BIS sertifikatsiyasidan o‘tgan. Samsung uni ikki xil versiyada – Snapdragon 870 hamda Exynos 990 protsessorlari bazasida tayyorlagan.

Haqiqiy Samsung fanati bo‘lish sizga qanchaga tushadi?

Xo‘sh, kompaniyaning barcha premium mahsulotlarini sotib olishga shay bo‘lganlar o‘z budjetidan qancha mablag‘ sarflashlari kerak bo‘ladi? Bu savolga CNN nashri hisob-kitobiga tayanib javob beramiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш